Grozniydagi pravoslav cherkoviga hujum (2018)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grozniydagi Archangel Maxail pravoslav cherkoviga hujum — 2018-yil 19-may kuni[1] Checheniston poytaxti Grozniy shahrida sodir etilgan. Bu musulmonlar va nasroniylar birga yashab keladigan Shimoliy Kavkaz mintaqasidagi pravoslav cherkoviga 2018-yilda qilingan ikkinchi hujumdir. Bu vaqtga qadar shu kabi hujumlar juda kam kuzatilgan. Birinchisi 2018-yil boshida Kizlyarda sodir bo‘lgan edi. O‘shanda mahalliy aholi vakili pravoslav cherkovi yaqinidagi odamlarga qarata miltiqdan o‘q uzgan va besh ayolni o‘ldirgan edi[2].

2018- yil 19-mayda tungi mudroqsizlik ibodati chogʻida ibodatxonaga qurolli hujum uyushtirildi. Natijada cherkov kelganlardan biri va qoʻriqlashni amalga oshirgan ikki politsiyachi: Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Saratov viloyati IIB xodimlari Qayrat Raxmetov va Vladimir Gorskov halok boʻldi. Cherkovga kelgan yana bir shaxs — Oʻzbekiston rezidenti, Chechenistonga qarindoshlarini ziyorat qilish uchun kelgan Artemiy va Checheniston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ikki xodimi jarohat olgan. Hujum qilgan barcha jangarilar yo‘q qilingan.

Terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyaga shaxsan Ramzan Qodirov rahbarlik qilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan to‘rt nafar yigit ibodatxona kiraverishida turgan politsiya xodimlarini otib tashlab yoki pichoqlab ibodatxonaga bostirib kirishgan va bevosita cherkov hududiga kirishni maqsad qilgan. Hujumchilarda oʻqotar qurollar, molotov kokteyllari, pichoqlar, boltalar boʻlgan. Biroq, hovlidagi otishma ovozini eshitgan ruhoniy va barcha tashrif buyurganlar zudlik bilan eshiklarni yopishga ulgurgan, ammo bu orada gʻarazgoʻylar cherkovga kelganlardan birini ogʻir yaralaydi[3].

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov, hujum qilganlarning maqsadi cherkovdagi odamlarni garovga olish bo‘lganini aytgan, biroq bunday xulosalar qanday dalillarga tayangan holda chiqarilganiga izoh bermagan. Rossiya Tergov qo‘mitasining Checheniston bo‘limi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 317-moddasi (huquq-tartibot organi xodimining hayotiga tajovuz) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ertasi kuni ibodatxonaga hujum qilgan jangarilarning ism-shariflariga aniqlik kiritilgan. Bular chechenistonlik Amir Yunusov, Ali Yunusov va Mikail Elisultanovlar, shuningdek, Ingushetiya fuqarosi Axmed Tsechoyevlardir. Checheniston rahbarining avvalroq aytgan maʼlumotlariga koʻra, oʻldirilgan respublikaning uch nafar fuqarosi Kurchaloyev tumanidagi Geldagan qishlogʻi va Grozniy yaqinidagi Argun (Alxan-Churt) qoʻrgʻoni fuqarolaridir[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]