Gretsiya Ayollar A Diviziyasi
| Davlat |
|
|---|---|
| Konfederatsiya | UEFA |
| Futbol tizimidagi darajasi | 1-darajali |
| Tashkil etilgan | 1987-yil |
| Jamoalar soni | 10 ta |
| Pastki liga | Gretsiya Ayollar B Diviziyasi |
| Ichki kuboklar | Gretsiya Ayollar Kubogi |
| Xalqaro musobaqalar | UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi |
| Amaldagi chempion | PAOK W.F (16-marta) |
| Eng koʻp marta chempion | PAOK W.F (16 marta) |
| Veb-sayt | epo.gr |
| Joriy mavsum: 2021-2022-yilgi mavsum Gretsiya Ayollar A Diviziyasi | |
Gretsiya Ayollar A Diviziyasi (grekcha: Πανελλήνιο Πρωτάθλημα Γυναικών yaʼni Pan-Yelleniya ayollar futbol chempionati; shuningdek, Panelinio Protathlima yoki Ayollar Alpha Ethniki nomi bilan ham tanilgan) Gretsiyadagi eng yuqori professional ayollar futbol ligasi.
Pan-Elleniya ayollar futbol chempionati (Gretsiya Ayollar A Diviziyasi) 1987-yilda tashkil etilgan. 1990-yilgacha ham Gretsiyada ayollar futbol chempionati mavjud edi, lekin bu davrda ayollar futboli turniri faqata viloyat futbol assosiasiyalari tomonidan tashkil etilgan edi. 1990-yilda Gretsiya futbol federatsiyasi ayollar futboli qoʻmitasini tuzib, Gretsiya Ayollar A Diviziyasini tashkil qildi. Gretsiya ayollar futbolining eng professional ligasi hisoblangan Gretsiya Ayollar A Diviziyasi chempionatining amaldagi gʻolibi PAOK W.F. jamoasi (jami hisobda 16 marta Gretsiya Ayollar A Diviziyasi chempioni) hisoblanadi[1].
Formati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-2010-yilgi Gretsiya Ayollar A Diviziyasi 7 ta klubdan iborat birinchi va 8 ta klubdan iborat ikkinchi guruhga boʻlingan (jami 15ta jamoa). Gretsiya Ayollar A Diviziyasining birinchi bosqichida birinchi guruhdagi har bir klub guruhdagi qolgan 6 ta klubga qarshi 14 tur davomida[2] jami 12 ta (uyda va safarda); ikkinchi guruhdagi har bir klub esa 14 tur davomida guruhdagi qolgan 7 ta klubga qarshi 14 ta oʻyin (uyda va safarda) oʻtkazdi[3]. Ikkinchi bosqichda har bir guruhning eng yaxshi uch klublari yangi guruh musobaqasida ishtirok etadilar, har bir klub qolgan 5 ta klubga qarshi 10 ta oʻyin (uyda va safarda) oʻtkazdi. Birinchi bosqichda o‘z guruhida kuchli uchlikka kira olmagan klublar ham baribir 2010–2011-yilgi mavsumda mintaqaviy musobaqaga yo‘llanma oldi[4].
2010–2011-yilgi mavsumdan boshlab Gretsiya Ayollar A Diviziyasi turli guruhlar va bosqichlarga boʻlinmaydi. 2020-yilgi mavsumgacha Gretsiya Ayollar A Diviziyasidagi 13 ta klubning barchasi 2 davra tizimida oʻynaydi, shuning uchun har bir jamoa 24 tadan (uy va safar oʻyinlari qoʻshilib) oʻyin oʻtkazdi. Gretsiya Ayollar A Diviziyasi chempioni ushbu oʻyinlarda birinchi oʻrinni olgan jamoa boʻladi.
Hozirgi jamoalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-2023-yilgi mavsumda Gretsiya Ayollar A Diviziyasida quyidagi 19 ta klub ishtirok etadi.
1-guruh
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Agrotikos Asteras
- Aris Thessaloniki
- Doxa Dramas
- Atromitos
- Elpides Karditsas
- PAS Giannina
- Kastoria
- Larissa
- P.A.O.K.
- AS Trikala 2011
2-guruh
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AEK Messolonghi
- Agia Paraskevi
- Avantes Chalkida
- Ergotelis
- Feiden Argolidis
- Neos Asteras Rathymno
- Odysseas Glyfadas
- OFI Crete W.F.C
- Olympiada Imittou
Chempion jamoalar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]hempion jamoalar roʻyxati:[5][6]
| Mavsum | Chempion jamoa |
|---|---|
| 1987 | Ilioupoli Thessaloniki |
| 1989 | Doxa Piraeus |
| Mavsum | Chempion jamoa |
|---|---|
| 1990 | Olympiada Thessaloniki |
| 1991 | Doxa Piraeus |
| 1992 | Doxa Piraeus |
| 1993 | Kavala 86 |
| 1994 | Doxa Piraeus |
| 1995 | Doxa Piraeus |
| 1996 | Olympiada Thessaloniki |
| 1997 | Ilioupoli Thessaloniki |
| 1998 | Olympiada Thessaloniki |
| 1999 | Union Doxa/Artemis Piraeus |
| 2000 | Filiriakos Florinas |
| 2001 | Kavala 86' |
| 2002 | PAOK W.F |
| 2003 | A.E. Egina |
| 2004 | A.E. Egina |
| 2005 | A.E. Egina |
| 2006 | PAOK W.F |
| 2007 | PAOK W.F |
| 2008 | PAOK W.F |
| 2009 | PAOK W.F |
| 2010 | PAOK W.F |
| 2011 | PAOK W.F |
| 2012 | PAOK W.F |
| 2013 | PAOK W.F |
| 2014 | Amazones Dramas |
| 2015 | PAOK W.F |
| 2016 | PAOK W.F |
| 2017 | PAOK W.F |
| 2018 | PAOK W.F |
| 2019 | PAOK W.F |
| 2020 | PAOK W.F |
| 2021 | PAOK W.F |
| 2022 | PAOK W.F |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Γυναικείο ποδόσφαιρο: Άρης-ΠΑΟΚ 0-3“. thestival.gr. Qaraldi: 2018-yil 18-aprel.
- ↑ „Manba“ (el). Hellenic Football Federation (2009-yil 11-noyabr).
- ↑ „Manba“ (el). Hellenic Football Federation (2009-yil 11-noyabr).
- ↑ „Manba“ (el). Womensoccer.gr. 2010-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-dekabr.
- ↑ „Greece - List of Women Champions“. RSSSF (2010).
- ↑ „Manba“ (el). Womensoccer.gr. 2018-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- epo.gr saytida liga
- UEFAdagi liga
- Liga : women.soccerway.com saytida
- womensoccer.gr (Wayback Machine saytida 2021-08-02 sanasida arxivlangan)