Grenadyorlar
Qiyofa
Grenadyorlar (frans. granidiers, grenade — granata) — Yevropa armiyalarida XVII—XX asrlarda piyoda qoʻshin turi; qoʻl granatalarini otish uchun saralab olingan askar guruhi. XVIII asr oxiridan saralangan piyoda qism va qoʻshinlar. Otliq G. ham boʻlgan. Yevropa armiyalarida XVII asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan. 1667—70 yillarda Fransiyada G. piyoda jangchilarning maxsus qismi tashkil qilingan. Rossiyada G. rotalari birinchi marta 1694 yilda tashkil topdi. 1708 yilda G. rotalari 5 ta grenader polkiga ailantirilgan. 1811 yilda G. diviziyalari,1814 yil da esa G. korpuslari tashkil qilindi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |