Grelka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grelka (rus. — isitkich) — badanning maʼlum joyini isitish uchun moʻljallangan moslama. Badanning G. qoʻyib isitiladigan qismida qon koʻp toʻplanib, ogʻriq yoʻqoladi. Rezina xaltacha shaqlidagi G. va elektr toki bilan isiydigan G. mavjud. Maxsus G. boʻlmasa, ogʻzi tiqin bilan mahkam yopiladigan shisha ishlatish qam mumkin. Ichiga issiq qum yoki qipiq solingan (quruq issiq) xaltadan foydalansa ham boʻladi. Rezina G.ga hajmining % qismigacha suv quyiladi va qolgan qismidagi havo ehtiyotlik bilan chiqarib yuboriladi, ogʻzidagi tiqin yaxshilab burab qoʻyiladi. G. juda issiq boʻlsa, oldin adyol ustidan, bir oz sovigach, choyshab ustidan, oxirida badanga qoʻyiladi. Kishi sovqotganda G. birinchi tibbiy yordam sifatida qoʻllanadi (qarang Sovuq olishi). Bemorni parvarish qilish, ogʻriqni qoldirish maqsadida G. qoʻyilganda, albatta, vrach bilan maslahatlashish lozim.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil