Graziano Pellè
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Graziano Pellè | ||
Tavallud sanasi | 15-iyul 1985-yil | ||
Tavallud joyi | San Cesario di Lecce, Italiya | ||
Boʻyi | 1.94 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001—2004 | Lecce | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2007 | Lecce | 12 | (0) |
2005 | → Catania (ijara) | 15 | (0) |
2006 | → Crotone (ijara) | 17 | (6) |
2006—2007 | → Cesena (ijara) | 38 | (10) |
2007—2011 | AZ | 78 | (14) |
2011—2013 | Parma | 12 | (1) |
2012 | → Sampdoria (ijara) | 16 | (4) |
2012—2013 | → Feyenoord (ijara) | 29 | (27) |
2013—2014 | Feyenoord | 28 | (23) |
2014—2016 | Southampton | 68 | (23) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004—2005 | Italiya U20 | 10 | (7) |
2005—2007 | Italiya U21 | 11 | (0) |
2014—2016 | Italiya | 20 | (9) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (30-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 6-oktyabr uchun) |
Graziano Pellè (talaffuzi: Gratiano Pelle; 1985-yil 15-iyulda Italiyada tugʻilgan) — italiyalik hujumchi. Italiya terma jamoasida oʻynagan.
Graziano Pellè „Lecce“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, jamoa asosiy tarkibida futbolchi 2003-yilda debyut qilgan. Graziano Pellè oʻz vatanida muvaffaqiyatli faoliyat olib bora olmagan, shuning uchun 2007-yilda u Gollandiyaning „Alkmaar Zaanstreek“ jamoasiga qoʻshilgan va bu jamoa safida 2009-yil Gollandiya chempionligini qoʻlga kiritgan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Graziano Pellè oʻzi tugʻilgan Lecce tumanining asosiy jamoasi boʻlgan „Lecce“ futbol klubining bitiruvchisi hisoblanadi[1]. Yoshlar jamoasida bir necha yil oʻynab, 2003-yilda jamoadagi debyutini oʻtkazgan. Birinchi mavsum davomida Graziano Pellè 10 marta maydonga tushgan, lekin bitta ham gol ura olmagan. Futbolchining debyuti „Bologna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan hamda oʻyinda „Lecce“ 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan.
Graziano Pellè Italiyaga qaytgan va „Parma“ futbol klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan. 18-dekabr kuni u „Parma“ safida debyut golini urib, sobiq futbol klubi boʻlgan „Lecce“ futbol klubi darvozasini ishgʻol qilgan (3:3)[2].
2016-yilning iyul oyida u 13 million funt evaziga Xitoyning „Shandong Taishan“ futbol klubiga oʻtgan va 2,5 yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 4-oktabrda Graziano Pellè ilk bor Ozarbayjon va Malta terma jamoalariga qarshi o‘yin oldidan milliy terma jamoa yig‘iniga chaqirilgan[3]. 2014-yil 13-oktabrda Italiya terma jamoasi safida Malta terma jamoasiga qarshi safar o‘yinida debyut qilgan (u asosiy tarkibda maydonga tushgan) va 24-daqiqada o‘yindagi yagona golni kiritgan[4].
2016-yilning 6-oktabr kuni Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda Graziano Pellè maydonni tark etayotib, terma jamoa bosh murabbiyi Jampyero Ventura bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgan, buning uchun u terma jamoadan vaqtincha chetlashtirilgan[5].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
U. S. Lecce | Italiya | 2003—2004 | 2 | 0 |
Calcio Catania | Italiya | 2005 | 15 | 0 |
U. S. Lecce | Italiya | 2005—2006 | 11 | 0 |
F. C. Crotone (ijara) | Italiya | 2006 | 17 | 5 |
A. C. Cesena (ijara) | Italiya | 2006—2007 | 40 | 11 |
A. Z. Alkmaar | Niderlandiya | 2007—2011 | 94 | 16 |
Parma F. C. | Italiya | 2011 | 13 | 2 |
U. C. Sampdoria (ijara) | Italiya | 2012 | 16 | 4 |
Parma F. C. | Italiya | 2012 | 1 | 0 |
Feyenoord de Róterdam | Niderlandiya | 2012—2014 | 66 | 55 |
Southampton F. C. | Angliya | 2014—2016 | 80 | 30 |
Shandong Luneng | Xitoy | 2016—2020 | 93 | 47 |
Parma Calcio 1913 | Italiya | 2021 | 13 | 1 |
Umumiy faoliyatida | 461 | 171 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Graziano Pellè: an Italian romantic having a love affair at Southampton“. The Guardian (2014-yil 29-noyabr). 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
- ↑ „Parma 3–3 Lecce“. Soccerway (18 декабря 2011). 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 сентября 2014.
- ↑ „Pellè e Rugani le novità di Conte per le gare con Azerbaigian e Malta. Torna Bonaventura“ (it). Sito ufficiale della Federazione Italiana Giuoco Calcio (2014-yil 4-oktyabr). 2014-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.
- ↑ „Malta - Italia - 0:1: Pellè esordio e gol“ (it). La Repubblica (2014-yil 13-oktyabr). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.
- ↑ „Qualificazioni europee: gol all’esordio di Pellè, a Malta gli Azzurri vincono 1:0“ (it). Sito ufficiale della Federazione Italiana Giuoco Calcio (2014-yil 13-oktyabr). 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.