Grayr Hanedanyan
Grayr Hanedanyan | |
---|---|
Tavalludi |
Grayr Grayrovich Hanedanyan 6-iyun 1939 |
Janrlar | Opera, kamera qoʻshigʻi |
Kasbi | Opera qoʻshiqchisi |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Veb-sayt | http://grair.ru |
Grayr Grayrovich Hanedanyan (1939-yil 6-iyun, Kamensk-Shaxtinskiy, Rostov viloyati, RSFSR, SSSR) — sovet va rus opera xonandasi (tenor), bastakor va rassom. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1974-yil). Ukraina xalq artisti. Shimoliy Osetiya-Alaniya xalq artisti. Larisa Gergiyevaning eri boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grayr Hanedanyan 1939-yil 6-iyun kuni Rostov viloyatining Kamensk-Shaxtinskiy shahrida tugʻilgan. Onasi, Paramonova Antonina Mixaylovna, Tambov shahrida tugʻilgan, otasi Hanedanyan Grayr Aykovich (1909-yilda tugʻilgan), Trebizondda tugʻilgan, u Sovet-Fin va Ikkinchi Jahon urushini boshidan kechirgan.
1958-yilda — Grayr Hanedanya N.V.Lysenko nomidagi Lvov davlat konservatoriyasiga vokal sinfiga oʻqishga kirgan.
1961 yil — Lvov opera teatri truppasiga opera solisti sifatida qabul qilindi.
1963-1965-yillarda Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan.
1965-yilda — Odessa opera va balet teatriga solist sifatida taklif qilingan, u yerda 1972-yilgacha, A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat akademik katta teatriga taklif qilinguncha ishlagan. Toshkentda Grayr Hanedanyan 1980-yilgacha ishlagan, bir vaqtning oʻzida Toshkent Davlat Konservatoriyasi va Toshkent teatr va rassomlik institutida dars bergan.
1980-1987-yillar mobaynida Orjonikidze shahridagi Shimoliy-Osetiya opera va balet teatrida, P.I.Chaykovskiy nomidagi Perm opera teatri truppasiga taklif qilinmaguncha ishlagan. Bir vaqtning oʻzida Kirov teatrida ishlagan.
1995 yil — Sankt-Peterburgning Marinskiy teatri jamoasiga oʻtgan.
Hozirda u Marinskiy teatrida, Marinskiy teatri qoshidagi Yosh xonandalar akademiyasida ishlaydi va N.A.Rim-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasining vokal kafedrasi professori hisoblanadi.
Bir qancha operalar, baletlar, romanslar, simfonik asarlar muallifi.
1960-yildan buyon rasm chizish bilan shugʻullanadi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vokal entsiklopedik lugʻat[sayt ishlamaydi] (mavjud havola) (mavjud havola 14.06.2016 dan [2269 kunlar])
- Musiqa entsiklopediya (Wayback Machine saytida 2022-11-08 sanasida arxivlangan)
- Perm viloyati. (Wayback Machine saytida 2016-03-10 sanasida arxivlangan) Entsiklopediya (Wayback Machine saytida 2016-03-10 sanasida arxivlangan)
- Yosh opera xonandalari akademiyasi