Gravitatsion transport

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gravitatsion transport - yuklarni faqat oʻz ogʻirlik kuchi hisobiga tashish (mas, yuqoridan pastga tushirish) uchun moʻljallangan qurilmalar majmui. Materiallar va donali yuklarga moʻljallangan. Vintli, rolikli va tekis novsimon xillari boʻladi. G.t.ning eng oddiysi yerga nisbatan maʼlum burchak ostida oʻrnatilgan nov boʻlib, yuqoridan pastga tushiriladigan yuk novdan sirpantirib yuboriladi. Yuklarni ancha balanddan tushirish uchun qiya novlar qoʻl kelmaydi, chunki ular koʻp joyni egallaydi. Bunday hollarda tik oʻq atrofida vint chizigʻi boʻylab ishlangan nov — vintli tushirgichlardan foydalaniladi. G. korxonalarning sexlarida material, uzel va detallarni bir joydan ikkinchi joyga, mas, yuqori qavatdan pastki qavatga tushirishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil