Grand mir xoutel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"GRAND MIR XOUTEL" (ingl "Grand Mir Hotel" — "Katta Mir mehmonxonasi") — Toshkent shahridagi mehmonxona. 1964 yilda qurilgan "Rossiya" mehmonxonasi (meʼmor V.Muratov)ning taʼmirlash loyihasi "Toshgin-rogor" ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqilgap (2003—04). 2004 yildan hozirgi nomda. Mehmonxona 7 qavatli hamda 2 qavatli bloklardan tashkil topgan. 7 qavatli turar joy blokining yer osti qismini texnik xonalar, oshxona, yordamchi xonalar va ayrim ofislar egallagan. 1-qavatda vesti-byul, sartaroshxona, 50 va 100 oʻripli barlar, savdo doʻkonlari, 2 — 7-qavatda 126 xona, bulardan 6 ta lyuks, 11 ta yarim lyuks, 18 ta 1 oʻrinli, 85 ta 2 oʻrinli xonalar joylashgan. 2 qavatli blokda restoran, oshxona, xollar, 1-qavatda 250 oʻrinli eksp-ressengil ovqatlanish joylari mavjud. 2 blok oʻzaro 1-qavatdagi xoll orqali bogʻlangan. Taʼmir chogʻida gori-zontal derazalar qatori paydo boʻldi, binoning old tarzi yanada koʻrkam tus oldi. Xonalar ken-gaytirilib, bino pardozida marmar, granit va boshqa zamonaviy materiallardan foydalanildi, vitraj va yengil panellar, alyuko-panlar qoʻllandi.