Granatlar ensiklopedii lugʻati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Granatlar ensiklopedii lugʻati — Rossiya universal ensiklopediyasi. Aka-uka A. va I. Granatlar tomonidan Moskvada nashr etilgan (1890). 1904 yil gacha 6 marta toʻliq nashr qilingan. 7-qayta ishlangan nashri 1910—48 yillarda 58 jildda chiqqan (56-jildi chiqmay qolgan). 1917 yilgacha "Aka-uka A. va I. Granatlar va K"" shirkati, soʻng Granatlar Rus bibliografiya instituti, 54- va 58-jildlarini "Sovetskaya ensiklopediya" Davlat instituti nashr etgan.

Koʻzga koʻringan olimlar (A. V. Lunacharskiy, K. A. Timiryazev, L. S. Berg, V. I. Palladii, P. L. Kapitsa va b.) lugʻatni tahrir qilishda va unga maqolalar yozishda qatnashishgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil