Grafik usullar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Grafik usullar, i. ch.ni boshqarishdagi grafik usullar — bironbir tashkiliy yoki boshqaruv ishlarini shartli tasvirlash usullari. Dastlab, 20-asr boshlarida AQSH muhandislari F. U. Teylor va G. L. Gantlar i. ch.ni boshqarishni tashkil etish usullaridan biri sifatida qoʻllaganlar. G. u. yordamida boshkarish jarayonlarini modellash masalalari hal qilinadi, turli omillar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, hisob koʻrsatkichlari aniqlanadi, xoʻjalik amallari nazorat qilinadi, guruhlarga ajratiladi. I. ch.ni boshqarishda tasviriy-axborot (bezak-informatsion) operativ, analitik va hisob grafiklari ishlatiladi. Tasviriy-axborot aniq belgilangan, oldindan tekshirilgan, boshqariluvchi jarayonlarning haqiqiy holatini aks ettiruvchi maʼlumotlardan tuziladi; operativ grafiklar vazifalarni tez suʼrat bilan hal qilishda qoʻllaniladi; analitik grafiklar mantiqiy va matematik qayta ishlangan maʼlumotlardan tuziladi; hisob grafiklar (mas, nomogrammalar) oʻzgaruvchan koʻpdan-koʻp qiymatlarga bogʻliq boʻlgan funksiyani hosil qilishga imkon beradigan axborotlar boʻladi. G. u.da sxema, diagramma, jadvallar va b. chizma vositalardan foydalaniladi. EHM va kompyuterlar paydo boʻlgandan soʻng G. u. vazifalari shular zimmasiga yuklanmoqda. Lekin G. u. hali ham oʻz nufuzini yoʻqotgani yoʻq.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil