Grafik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grafik (lot. graphikos — chizilgan) — 1) biror kattalik (mas, tezlik)ning boshqa kattalik (mas, vaqt) ga bogʻliqligini yaqqol koʻrsatish uchun qoʻllaniladigan chizma. Mas, barograf havo bosimining vaqtga bogʻliqlik grafigini chizadi; 2) i.ch. grafigi — biror korxonada mahsulot ishlab chikarishning chizma yoki jadval tarzida ifodalangan rejasi; 3) t.i. grafigi — poyezdlar harakatini vaqt bilan bogʻlab tuziladigan jadvali; 4) mat.da — funksiyaning oʻzgarish tarzi haqida yaqqol tasavvur beradigan egri chiziq [mas, u = f(x)].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil