Grace Lau

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grace Lau Mo-sheung
Shaxsiy maʼlumotlar
Oʻz tilidagi ismi — 劉慕裳
Tugʻilishi — (1991-10-19) 19-oktyabr 1991-yil (age 30)
Sport
Davlat — Hongkong
Sport turi — Karate
Qoʻshimcha Individual kata
Medallar
Ayollar karatesi
Vakillik  Hong Kong
Olimpiada o'yinlari
Bronze medal — third place 2020-yil Tokyo Individual kata
Jahon chempionati
Bronza medal — 3-o'rin 2018-yil Madrid Individual kata
Bronza medal — 3-o'rin 2021 Dubai Individual kata
Jahon oʻyinlari
Bronze medal — 3-o'rin 2022-yil Birmingham Individual kata
Osiyo oʻyinlari
Bronza medal — 3-o'rin 2018-yil Jakarta Individual kata
Osiyo Chempionati
Silver medal — second place 2015-yil Yokohama Individual kata
Silver medal — second place 2019-yil Toshkent Individual kata
Bronze medal — third place 2018-yil Amman Individual kata
Bronze medal — third place 2021-yil Olmota Individual kata
Jahon plyaj oʻyinlari
Bronze medal — third place 2019-yil Doha Individual kata

Greys Lau Mo-sheung (1991-yil 19-oktyabrda tugʻilgan)[1] — gonkonglik karatechi. U Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining karate boʻyicha ayollar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. U karate boʻyicha Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan birinchi Gonkong sportchisi hisoblanadi[2][3]. Shuningdek, Grace Lau karate boʻyicha Jahon chempionati, Osiyo oʻyinlari va Jahon plyaj oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi karate boʻyicha individual bahslarda bronza medali sovrindori hisoblanadi. U karate boʻyicha Osiyo chempionatining toʻrt karra sovrindori hamdir.

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grace Lau 2015-yili Yaponiyaning Yokogama shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatining kata boʻyicha ayollar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha bronza medallaridan biriga sazovor boʻldi[1]. Oʻsha yili u Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi karate boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida kata boʻyicha bronza medali sohibi boʻldi[4][5].

Grace Lau 2015, 2018 va 2019-yillarda karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2019-yil Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida kata boʻyicha yakkalik bahslarida kumush medalga egalik qildi[6][7].

2020-yilda Grace Lau Tokio (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Gonkong nomidan qatnashish huquqiga ega boʻldi[8][9]. U ayollar oʻrtasidagi karate bahslarida turkiyalik Dilara Bozanni 26,94 hisobida magʻlub etib, bronza medaliga sazovor boʻldi[3]. Grace Lau, shuningdek, yopilish marosimida Gonkongning bayroqdori ham boʻlgan[10]. Olimpiadadan bir necha oy oʻtgach, u Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha yakkalik bahslarida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi[11]. Oradan bir oy oʻtib Qozogʻistonning Olmaota shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi[12][13].

Grace Lau 2022-yilda AQShning Birmingham shahrida boʻlib oʻtgan Jahon oʻyinlarida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi[14].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Musobaqa Joy Daraja Tadbir
2015-yil Osiyo chempionati Yokogama, Yaponiya 2 Individual kata
2018 Osiyo chempionati Amman, Iordaniya 3 Individual kata
Osiyo oʻyinlari Jakarta, Indoneziya 3 Individual kata
Jahon chempionatlari Madrid, Ispaniya 3 Individual kata
2019 Osiyo chempionati Toshkent, Oʻzbekiston 2 Individual kata
Jahon plyaj oʻyinlari Doha, Qatar 3 Individual kata
2021-yil Yozgi Olimpiya oʻyinlari Tokio, Yaponiya 3 Individual kata
Jahon chempionatlari Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 3 Individual kata
2021-yil Osiyo chempionati Olmaota, Qozogʻiston 3 Individual kata
2022 Jahon oʻyinlari Birmingem, Amerika Qoʻshma Shtatlari 3 Individual kata

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Karate Results“. 2018 Asian Games. 19-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2020-yil.
  2. Palmer, Dan. „Sanchez the history-maker as karate makes highly-anticipated Olympic debut“. InsideTheGames.biz (5-avgust 2021-yil). Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 „HK's Grace Lau captures bronze in kata competition“. rthk.
  4. „2018 World Karate Championships“. SportData. 26-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2020-yil.
  5. „Results Book“. 2018 World Karate Championships. 26-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-dekabr 2020-yil.
  6. Rowbottom, Mike. „Japan earn six titles but Uzbek hosts also golden at Asian Karate Championships“. InsideTheGames.biz (20-iyul 2019-yil). Qaraldi: 23-aprel 2020-yil.
  7. „2019 Asian Karate Championships Results“. World Karate Federation. 23-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-aprel 2020-yil.
  8. „WKF announces first qualified athletes for Tokyo 2020“. World Karate Federation (18-mart 2020-yil). Qaraldi: 18-aprel 2020-yil.
  9. Shefferd, Neil. „World Karate Federation announces first 40 karatekas to have qualified for Tokyo 2020“. InsideTheGames.biz (18-mart 2020-yil). Qaraldi: 18-aprel 2020-yil.
  10. „List of closing ceremony flag bearers“. 2020 Summer Olympics. 4-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2021-yil.
  11. „2021 World Karate Championships Results Book“. World Karate Federation. 21-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2021-yil.
  12. Houston, Michael. „Bronze medals won on penultimate day of Asian Karate Championships“. InsideTheGames.biz (21-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2021-yil.
  13. „2021 Asian Karate Championships Results Book“. Sportdata.org. 22-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2021-yil.
  14. „Karate Results Book“. 2022 World Games. 10-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2022-yil.