Govmish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Govmish — zotdor sersut sigirlarni ifodalaydigan atama. G.ning sutliligi zotiga, yoshiga, boqish va parvarish qilishga bogʻliq. G.lar har galgi sogʻin davrida 4—5 ming kg, ayrimlari hatto 10—12 ming kg sut beradi. Oʻzbekistonda boqiladigan qora-ola zotiga mansub G.lar bir sogʻin davrida 3600—4500 kg, qizil choʻl zotiga mansublari 3000—4000 kg, shvits zotiga mansublari 3500—4000 kg va bu-shuyev qoramol zotiga mansublari 2500— 3500 kg sut beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil