Govkaptar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Govkaptar (Solumba palumbus) — kaptarlar turkumiga mansub qush. Yevropa, Shim. Afrika va Gʻarbiy Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida uchraydi. Qishlash uchun kuzda jan.ga uchib ketadi, bahorda qaytib keladi. Togʻ oʻrmonlarida suvga yaqin yerlarda yashaydi. Uyasini daraxt shoxchalariga soladi yoki boshqa qushlarning eski uyasidan foydalanadi. Ikkita tuxum qoʻyadi. Tuxumni nari bilan modasi galma-galdan 17—18 kun bosadi. Don, urugʻ va mevalar bilan oziqlanadi. Ov qushi sifatida ahamiyati oshib bormoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil