Gossek Fransua Jozef

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GOSSEK (Gossec) Fransua Jozef (1734.17.1, Belgiyadagi Verni sh,— 1829.16.2, Passi, Parij yonida) — fransuz kompozitori, dirijyor, pedagog . Fransuz simfoniyasi, Milliy musiqa instituti (1795-yildan konservatoriya) asoschisi, Fransiya instituti (akademiyasi) aʼzosi (1795-yildan). 1816-yilgacha Parij konservatoriyasining bosh inspektori va prof. 29 simfoniya, 20 dan ortiq opera, bir necha oratoriya, messa, kvartet, puflama sozlar orkestri uchun asarlar (jumladan, 3 simfoniya) va b. muallifi. Buyuk Fransuz inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida yangi musiqa janri (ommaviy qoʻshiq, motam marshi), uslub va ijro turlari (yirik, ulugʻvor vokalsimfonik asarlarni katta maydonlarda ommaviy tarzda ijro etish)ni kashf etgan, musiqa taʼlimi tizimini isloh qilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil