Goshan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goshan - Hindiston Federatsiyasining Ladax hududidagi Kargil tumanidagi qishloq. Qishloq Kargil tuman markazidan 77 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Demografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistonning 2011-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, Goshanda 189 xonadon bor mavjud bo'lgan[1]. Goshan qishlogʻining savodxonlik darajasi 76,49% ni tashkil qiladi. Goshanda erkaklar savodxonligi 85,07%, ayollarning savodxonligi 67,13% ni tashkil qiladi. qishloq aholisining savodxonlik darajasi butun Hindstonning deyarli savodxonlik darajasidan yuqori korsatgichni tashkil etadi, ammo erkaklar va ayollar o'rtasidagi o'zaro farq katta ko'rsatgichni tashkil etadi.

Demografiya (2011-yil aholini ro'yxatga olish)
Jami Erkak Ayol
Aholi 1485 763 722
6 yoshgacha bo'lgan bolalar 290 140 150
Rejalashtirilgan kasta 0 0 0
Rejalashtirilgan qabila 1476 758 718
Savodxonlik 76,49% 85,07% 67,13%
Ishchilar (barchasi) 370 249 121
Asosiy ishchilar (barchasi) 100 - -
Marjinal ishchilar (jami) 270 162 108

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yo'l[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goshan Ladax va Hindistonning boshqa joylariga Srinagar-Leh avtomagistrali yoki NH 1 orqali o'zaro bog'lanib turadi.

Temir yo'l[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goshanga eng yaqin temir yo'l stansiyalari - Sopore temir yo'l stansiyasi va Srinagar temir yo'l stansiyasi 178 kilometr va 185 kilometr masofada joylashgan. Eng yaqin yirik temir yo'l stansiyasi Jammu Tawi temir yo'l stansiyasi bo'lib, 445 kilometr masofada joylashgan. Gosha qishlog'i aholining rivojlanishi va ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rvoj topishi, sanoatlashuvu va qishloq xo;jaligi mahsulotlarining hududddan tashqarida joylashgan yirik iste'molchilarga yetqazib berishda temir yo'l transporti muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Havo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng yaqin aeroport Kargil shahrida 85 kilometr masofada joylashgan, ammo hozirda u ishlamayapti. Keyingi eng yaqin yirik aeroportlar Srinagar xalqaro aeroporti va Leh aeroporti 183 kilometr va 292 kilometr masofada joylashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Goshan Population“. Our Hero. 2022-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.