Gorlitzer bog'i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

So'nggi poezd yo'li, 1987-yil may
Sobiq yuk poyezdi darvozasi va GDR chegara punkti.

Asl nomi Gorlitzer Bahnhof ( Sakson shaharchasi Gorlitz deb atalgan) Berlin jangi paytida katta zarar ko'rgan. Vokzal orqali oxirgi yo'lovchi poyezdi qatnovi 1951-yil 29-aprelda harakatlangan..Stansiyani buzish 1962-yil 24-oktyabrda Berlinning sobiq senatori Rolf Shvedler ( SPD ) buyrug'i bilan ko'plab aholining noroziligiga qaramay amalga oshirilgan.

Urushdan keyingi davrda bu joy ko'mir ombori sifatida ishlatilgan. 1985-yilgacha yuk poezdlari Gorlitzer Bahnhof poyezd yo'nalishi orqali harakatlangan. Berlinning boʻlinishi davrida ushbu yuk poyezdlarining oʻtishini nazorat qilish uchun chegara punkti yaratiladi.Hozirga qadar Landver kanali ustidagi chegara punktining bir qismi, Shunungdek stansiyadagi ikkita yuk ombori ham saqlanib qolgan.

Gorlitzer Parki nasha sotib olish va keng tarqatish uchun qulay nuqta sifatida tanilgan[1][2].

Park kontseptsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarning boshlarida fuqarolar va squatter harakati eski Bahnhof o'rnida "Görlitzer city parkini" ni yaratish uchun harakat qila boshlashdi. 1983-yil bahorda hududni "yashillashtirish" dasturi rejalashtirilgan.

"The northern part of the area, from Görlitzer Ufer along Görlitzer Straße to the Fatih Mosque, could at least provisionally be greened. ‘For the development of vegetation, a design hasn't been agreed upon. [...] That's why the citizens do not need to get involved.' (Parks Department) "

— - Südost Express: Wunder dauern etwas länger (Miracles take a little longer), 7-8 / 1982

Ammo parkning bir qismi hali ham ko'mir ombori sifatida foydalanilayotgan edi. Biroq, Reichsbahn rahbariyati parkning rejalarini qo'llab-quvvatladi va Janubiy yo'lda ,,Bolalar uchun hayvonot bog'i'' loyhasini ishlab chiqdi. Atrofdagi sanoat korxonalari turli hilda yordam berishar, mahalliy sement zavodining buldozerlari vaqti-vaqti qurilisgha ko'maklashishardi. Faqat yerni ijaraga olish uchun pul yetishmasdi[3].

O'sha paytda Atrof-muhit va moliya senatorlarining yakuniy roziligi hali ham kutilayotgan edi.

Bolalar maydonchasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Südost Ekspress ma'lumotlariga ko'ra, "1979- yilga kelib Kreuzberg tuman idorasi allaqachon 4000 kvadrat metr maydonni mahalliy fuqorolik guruhi Verein SO 36 tasgabusi bilan ijaraga olgan". Biroq, qurilish ma'murlari ushbu joydan Spreewald-Bad suzish havzasi majmuasini qurish uchun foydalanmoqchi bo'lishgan. “Bu o‘yin maydonchasi uchun 1000 dan ortiq imzo to‘plangan. (Muzokaralardan so'ng) tuman idorasi Gorlitzer Bahnhof saytida ham qurilish loyihasini, ham bolalar o'yin maydonchasini yaratishga imkon beradigan yechim topishga intiladi"[4].

Bugungi kunda park[tahrir | manbasini tahrirlash]

Piyodalar tunnelini buzishdan oldingi krater, 1989-yil

1980-yillarning oxirida, Freie Planungsgruppe Berlin rejalari uchun sobiq temir yo'l uchastkasida tuman parki qurilgan. Bugungi kunda sobiq vokzaldan faqat piyodalar tunneli,uchta yuk ombori saqlanib qolgan.

Hozirgi bog'ning janubida bir nechta temir yo'l ko'prigi stansiya hududini Treptov tumani bilan bog'lab turgan. Ulardan biri haligacha saqlanib qolgan. Sobiq temir yo'l liniyasidagi yashil yo'lak Kiefholzstraße bilan parallel va Alt-Treptow tomon boradi. Velosipedchilar va piyodalar Treptower Parkiga Gorlitzer bog'i orqali kirishlari mumkin. Devor qulagunga qadar Berlin devori Landwehr kanali bo'ylab o'tgan edi. Bundan tashqari, hududning janubiy qismida Gorlitzer Ufer va Wiener Straße tomonidan tashkil etilgan burchakda temir yo'l g'ildiraklari uyi mavjud bo'lgan. Bugungi kunda bu yerda tepalik va 80-metr (260 ft) uzunlikdagi chana uchish uchun mo'ljalangan yo'lakdan iborat. Park shimoli-sharqiy tomondan Wrangelkiez bilan chegaradosh.

Gorlitzer bog'idagi piyodalar tunnelining qoldiqlari
Ryudiger Preislerning " Shreitender Mensch" haykali
Rodelberg tepaligidan ko'rinadigan Gorlitzer bog'i, Emmaus cherkovi va uzoqdan ko'rinadigan teleminora

Gorlitzer tunnelidan 1989-yil oxirigacha foydalanilgan. Tunel bog'ning markazida katta havza yaratish uchun qisman buzulgan. Tunnelning oldingi devorlari dizayn elementi sifatida foydalanilgan. Havzaning gʻarbiy tomonida 14-metr (46 ft) po'latdan yasalgan haykal Shraytender Mensch, Rüdiger Preisler tomonidan barpo etilgan.

Manzil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bog' shimoli-g'arbdan Spreewaldplatz bilan chegaradosh. Hozirda bog'da Wellenbad am Spreewaldplatz suzish havzasi majmuasi joylashgan. Hovuz majmuasi 1984 - 1987- yillar oralig'ida me'mor Kristof Langxofning rejalariga ko'ra qurilgan. Shimolda Lausitzer Platz hududni Emmaus Church [de] 1890 va 1893 Avgust Orth tomonidan rejalariga ko'ra barpo etilgan Ular parkdan Skalitzer Straße bo'ylab Berlin U-Bahn liniyalari U1 va U3 viyaduklari orqali ajratilgan. Janubda hudud Landver kanali va Alt-Treptow tumani bilan chegaradosh.

Sobiq Pamukkale favvorasi va parkni qayta loyihalash rejalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parchalangan Pamukkale favvorasining panoramasi, 2008-yil qishi

1994-yildan 1997-yilgacha haykaltarosh Wigand Witting tomonidan yaratilgan. 1998-yilda qurib bitkazilgan Pamukkale favvorasi Gorlitzer Parkidagi asosiy dizayn elementlaridan biri bo'lgan. Favvora Turkiyaning Pamukkale shahridagi traverten teraslardan ilhomlanib yaratilgan. Kreuzberg'in turk ajdodlari bo'lgan fuqarolar uchun alohida xotira joyiga aylanib ulgurgan. Noto'g'ri tuzilma va poydevor uchun drenaj yo'qligi, shuningdek, Portugal ohaktoshlari bilan bog'liq muammolar tufayli qurilish to'xtatiladi. Qurilish birinchi qishdayoq juda qattiq shikastlangan. Mahalliy tashrif buyuruvchilar va turistlar uchun yopilgan. Uzoq vaqt davomida qayta tiklash ishlari bo'yicha bahs munozaralar davom etgan[5]. 2000-yil oktyabr oyida rassom 1,1 million evro miqdorida tovon to'lashga hukm qilindi. Bu hukm 2008-yilning noyabrida yana tasdiqlandi[6][7]. 2009-yilning kuzida favvoraning vayron bo'lgan konstruktsiyasi o'sha paytda saqlanib qolgan haykallar bilan birga olib tashlandi. Buzilish juda ko'p tortish va namoyishlarga sabab bo'lgan.Namoyishchilar buzilishga qarshi namoyishda terasli landshaftga katta miqdorda qizil bo'yoq quyishdi.

Sayt bugungi kunda amfiteatr dizaynini eslatadi.

Qolgan beton teraslarga sun'iy chim yotqizilgan. Hozirda o'tirish uchun foydalanilmoqda[8].

Favvora buzib tashlangach ko‘plab bog‘ga tashrif buyuruvchilar bog‘ holatidan norozi bo‘lgan. Fridrixshayn-Kroysberg tuman bo‘limi 2009-yilda bog‘ni obodonlashtirish maqsadida “g‘oyalar ustaxonasi” tashkil qilgan[9].

Bog'

Bog'[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yildan boshlab bog‘ o‘rtasida olma, nok va turli hildagi daraxtlar o'tkazilgan. 2013-yil aprel oyi boshida jami 26 ta daraxt mavjud bo'lgan[10]. Marhum Kreuzberg aktyori Eralp Uzun xotirasiga bag'ishlab 2013-yilning may oyida oila a'zolari tomonidan o‘tloqqa yana bir daraxt ko'chatini ekishadi.

Ushbu bog' Kiezvandlern mahalliy o'tish shaharchasi guruhi tomonidan tuman yashil hudud bo'limi ko'magida yaratilgan. Mahalliy aholi bog'dagi mevalarni parvarishlashadi. [11] Daraxtlardan olingan hosilni teng taqsimlashadi.

Giyohvand moddalar savdosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gorlitzer Park Berlindagi eng yirik giyohvand moddalarni tashish markazlaridan biri bo'lgan. Bog'da jarohatlar va hatto o'limga olib keladigan ko'plab zo'ravonlik voqealari sodir bo'lgan[12]. Giyohvand moddalar savdosi 2000-yillarda avj ola boshlagan. 2012-yilning may oyidan buyon park hududi doimiy ravishda qo'riqlash xizmati hodimlari nazoratida[13].

Biroq muammo butunlay bartaraf etilmagan edi.

2014-yil noyabr oyida Gorlitzer bog'i atrofida giyohvand moddalar bilan bog'liq jinoyatlarni oldini olish uchun "Task Force Gorlitzer Parki" tashkil etildi. Bu ishchi guruh Berlin politsiyasi, prokuratura, adliya boshqarmasi, immigratsiya idorasi va Fridrixshayn-Kreuzberg tuman bo'limidan iborat edi[14]. Ishchi guruh Gorlitzer bog'ida bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Masalan, giyohvand moddalar ombori sifatida xizmat qilishi mumkin bo'lgan to'siqlar va butalarni olib tashlash, shuningdek, qo'riqlash xizmati hodimlari sezilarli darajada oshirildi.

Ichki ishlar senatori Frank Henkel 2015-yil mart oyida politsiyaga kichik miqdordagi giyohvand moddalar uchun iste'molchilar va dilerlarni jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradigan yangi qoidani joriy qildi. Biroq bu bilan giyohvandlik muammosi bartaraf etilmadi.Ko‘plab giyohvand moddalar sotuvchilari boshqa ko‘chalar, bog‘lar va mahallalarga ko‘chib o‘tishiga sabab bo‘ldi. [15] 2017-yil 16-oktabrda Qizil-Qizil-Yashil koalitsiya qoidani bekor qildi. Natijada sotib olish, tashish va iste'mol qilishni bekor qildi.15 gram (12 oz) Görlitzer bog'ida nasha nisbiy jazosiz qoldirildi[16].

  1. „How to buy weed in Berlin“ (en-US). Qaraldi: 2017-yil 15-sentyabr.
  2. Popp, Maximilian. „ASYL: Endstation Görli“. Der Spiegel (2013-yil 30-mart). Qaraldi: 2017-yil 15-sentyabr.
  3. "Görlitzer Stadtpark rückt näher". Südost Express – die Kreuzberger Lokalzeitung von Bürgern aus SO 36. August 1982. 
  4. "Kinderspielplatz auf dem Görlitzer Bahnhofsgelände.". Südost-Express. December 1979. 
  5. „Die lange Dürre von Pamukkale“ (de). Qaraldi: 2018-yil 18-oktyabr.
  6. „Erneut Aufschub für den Pamukkale-Brunnen“ (de). Qaraldi: 2018-yil 18-oktyabr.
  7. „Brunnen-Künstler soll zahlen“ (de). Qaraldi: 2018-yil 18-oktyabr.
  8. „Öffentliche Brunnen in Berlin / Senatsverwaltung für Stadtentwicklung und Umwelt - Berlin“ (2014-yil 6-oktyabr). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
  9. „Ideenwerkstatt Görlitzer Park - Berlin.de“ (2013-yil 5-mart). 2013-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
  10. „Kreuzberg wird "Essbarer Bezirk"“ (de). Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
  11. „Obstbäume im Görli“ (de-DE). www.xn--obstbume-im-grli-znb64a.de. 2019-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
  12. Kopietz, Andreas. „Schwerverletzter nach Attacke in Görlitzer Park: Dealer verletzt 20-Jährigen mit Machete“ (de-DE). Berliner Zeitung (2015-yil 7-may). 2016-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  13. „Frank Henkel: Beantwortung einer Kleinen Anfrage über "Ergebnisse der Razzien im Görlitzer Park"“ (2013-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  14. „Görlitzer Park wird zur Sonderzone | rbb Rundfunk Berlin-Brandenburg“ (2014-yil 2-dekabr). 2014-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  15. Germany, Stuttgarter Nachrichten, Stuttgart. „Berliner Brennpunkt Görlitzer Park: Der Drogenpark der Nation“ (de-DE). stuttgarter-nachrichten.de. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  16. „Im Görlitzer Park darf wieder gekifft werden“ (de) (2017-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.