Gorizont (sunʼiy yoʻldosh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gorizont — aloqa Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) nomi, kechasiyu-kunduzi uzoq, telegraf-telefon radioaloqalarini va "Orbita", "Moskva" sistemalari st-yalari boʻyicha televideniye dasturlarini uzatish, shuningdek, "Intersputnik" yoʻldoshlar xalqaro aloqa tizimidan foydalanish maqsadida uchirilgan. YESY massasi — 2 t, Quyosh batareyalari bilan panellar yoyilgan hollarida kengligi 10 m. Yerga aniq yoʻnalish uch oʻkli sistema yordamida amalga oshiriladi "G." bortida energiya bilan taʼminlovchi qurilma, axborotni Yerga uzatuvchi radiotelemetrik sistema, orbita parametrlarini aniq oʻlchab boruvchi radiosistema, orbitaga tuzatish kiritib turuvchi tizim mavjud. "G." orbitaga 4 bosqichli uchiruvchi raketa "Proton" yordamida chiqariladi. 1979— 83 yil mobaynida 5 ta "G." statsionar aylanma orbita (balandligi — 36000 km ga yaqin orbita)ga chiqarildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil