Gopak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gopak

Gopak (ukraincha gopati — sakramoq, gop — raqs paytida aytiladigan hayqiriq soʻzidan) — ukrain xalq raqsi. Asosan erkaklar tomonidan ijro etiladi. Surʼati tez, oʻlchovi 2/4. Sakrash, tez aylanish, ketma-ket oʻtirib turish kabi harakatlardan iborat. Baʼzan ulugʻvor va qahramonona harakterga ega boʻladi. G. qoʻshiqlari va cholgʻu kuylari xalq orasida mustaqil musiqa asari sifatida ham ommalashgan. Rus va ukrain kompozitorlari (M. Musorgskiy, P. Chaykovskiy, N. Rimskiykorsakov, S. Gulak-Artyomovskiy va b.) G. janridan keng foydalanishgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil