Google Spaces

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Google Spaces
Ishlab chiqaruvchiGoogle
Chiqish sanasi16-may, 2016-yil (7 yil avval) (2016-05-16)
Operatsion sistemaWindows, Mac, Android, iOS
StatusHozirda toʻxtatilgan
JanrIjtimoiy tarmoq
Vebsayt:https://spaces.google.com/

Google Spaces guruhlararo muhokamalar oʻtkazish va oʻzaro xabar almashish uchun Google tomonidan ishlab chiqarilgan tarmoq edi[1]. Ushbu ilova Slack kabi oʻzaro kontent almashadigan platforma sifatida ishlab chiqildi. Unda foydalanvuchilar oʻz guruhlari „Space“ larni yaratishadi, doʻstlarini taklif qilishadi va videolar, rasmlar, matnli xabarlarni ulashishadi. Chrome veb-brauzeri, Google qidiruv tizimi, YouTube video ulashish platformasi kabi Google servislari ushbu ilova bilan oʻzaro bogʻlangan[2]. Google Spaces 2016-yil 16-mayda ishga tushirilgan va Windows, Mac, Android va iOS tizimlari uchun chiqarildi[3]. Ushbu ijtimoiy tarmoq loyihasi 2017-yil 17-aprelda toʻxtatildi. Keyinchalik Spaces Google Chat platformasiga qoʻshimcha funksionallik sifatida qoʻshildi[4].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 16-may kuni direktor Lyuk Vroblevski Spaces ilovasini „kichik guruhlar oʻrtasida almashinuvlar“ ilovasi sifatida ommaga tanishtirdi[5]. 2017-yil 16-fevralda, Google Spaces tarmogʻi 2017-yil 17-aprelda toʻxtatilishini eʼlon qildi[6].

Shu yili 3-martda, Google foydalanuvchilar „Space“ larni faqat chop etishi, koʻrishi va oʻchirishi mumkinligini, biroq ortiq yangi „Space“ lar yarata olmasligini eʼlon qildi.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spaces guruh aʼzolari oʻrtasida suhbat oʻtkazish va xabar almashish imkonini beradi. Foydalanuvchilar suhbatlarni „Space“(kichik guruhlar) yaratib, soʻng doʻstlarini qoʻshilishga taklif qilish orqali boshlashadi. „Space“ ga kirganingizdan soʻng, ekranning pastki qismida chat xonasiga havolalar, rasmlar va boshqa tarkiblarni joylashtirish uchun panel mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilar uchun guruhda qanday suhbatlar ketayotganini koʻrish imkoniyati ham yaratilgan[7].

Google Chrome, Google Qidiruv va YouTube kabi Google mahsulotlari Spaces ilovasiga integratsiya qilingan. Bu foydalanuvchilarga ilovadan chiqmasdan maqolalar, videolar va rasmlarni topish va oʻzaro almashish imkonini beradi. Roʻyxatdan oʻtish uchun Google hisobi boʻlishi kerak[8].

Quyidagilar foydalanuvchi suhbat guruhlarida baham koʻrishi mumkin boʻlgan post turlari edi[9]:

  • Havolalar – avtomatik ravishda oʻrnatilgan media URL manzillari.
  • Videolar – YouTube videolari mobil foydalanuvchilar uchun integratsiya qilingan. Biroq, kompyuter foydalanuvchilari bevosita YouTube maʼlumotlar bazasida qidirishlari va yaqinda koʻrilgan videolarini ulashishlari mumkin edi.
  • Fotosuratlar – Bir nechta rasmni yuklashni qoʻllab-quvvatlagan holda, foydalanuvchilar toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzlarining kameralari yoki Google Photos orqali suratlar joylashtirishlari mumkin edi.
  • Matn – formatlashsiz yozilgan oddiy matn.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wroblewski, Luke „Introducing Spaces, a tool for small group sharing“. Google Blog (2016-yil 16-may). Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  2. Lopez, Napier „Google just combined Chrome, YouTube, and Search into a single messaging app called Spaces“. The Next Web (2016-yil 16-may). Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  3. Wroblewski, Luke „Introducing Spaces, a tool for small group sharing“. Google Blog (2016-yil 16-may). Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  4. Adamu, Haroun „Google Spaces will be replacing the last existing remnants of Google+“ (en-US). Android Police (2022-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 23-iyun.
  5. Welch, Chris (May 17, 2016), „Google's latest app, Spaces, aims to simplify group sharing“, The Verge, qaraldi: May 17, 2016
  6. Bohn, Dieter „Google is shutting down Spaces, its experimental group messaging app“. The Verge (2017-yil 24-fevral). Qaraldi: 2017-yil 25-fevral.
  7. Perez, Sarah (May 16, 2016), „Google tries its hand at social again with launch of group chat app, Spaces“, TechCrunch, qaraldi: May 17, 2016
  8. Wroblewski. „Introducing Spaces, a tool for small group sharing“. Google Blog (2016-yil 16-may). Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  9. Lopez. „Hands-on with Spaces: Everything you need to know about Google's new chat app“. The Next Web (2016-yil 17-may). Qaraldi: 2016-yil 17-may.