Google One

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Google One
Sayt turi Bulutli xotira xizmatlari
Roʻyxatdan oʻtish Talab etiladi
Muassisi Google LLC
Ochilgan sanasi 14-may, 2018-yil (5 yil avval) (2018-05-14)[1]
URL one.google.com

Google One – Google tomonidan ishlab chiqilgan obuna boʻlib, kengaytirilgan bulutli xotirani taklif etadi. Google One oʻzining pullik tariflarida Google Photos, Drive and Gmail xizmatlarini oʻz ichiga olgan boshlangʻich 100 GB(gigabayt) dan maksimum 30 TB(terabayt) gacha boʻlgan bulutli xotirani taqdim etadi[2]. Ushbu dastur 2018-yilning may oyida Googlening koʻplab pullik servislariga muqobil sifatida chiqarilgan[3]. Ushbu dastur ichki xotirasiga foydalanuvchilar kira olmasa-da, foydalanuvchilar oʻz rasmlari, fayllar va elektron pochta xabarlarini ushbu Google Drive, Gmail va Google Photos orqali boshqara olishadi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google One 2018-yilning may oyida ishga tushirilgan. Google shuningdek, barcha Google One tarif rejalarida 24/7 rejimida mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati ham boʻlishini eʼlon qildi[1]. 2018-yilning may oyidan avgustigacha Google AQShdagi Google Drive sevisi foydalanuvchilarini Google One servisiga oʻtkazishni boshladi. 2018-yilning 15-avgustida Google AQShdagi barcha foydalanuvchilar Google One xizmatidan bepul foydalanishlari mumkinligini, biroq obuna imtiyozlari va keng bulutli xotiradan foydalana olmasligini eʼlon qildi[4].

2020-yil 29-oktabrda Google One foydalanuvchilari uchun VPN xizmati ham qoʻshildi. Ushbu xizmat dastlab, Amerika Qoʻshma Shtatlarida Android tizimida ishga tushirildi va keyinchalik iOS, Windows va MacOS uchun ham chiqarildi[5]. 2023-yil yanvar oyida Google One ilovasining yuklanishlari soni 1 milliardan oshdi[6]. 2023-yil fevral oyida Google Photos’dagi Magic Eraser tahrirlash funksiyasi barcha Google One foydalanuvchilariga taqdim etildi(oldinlari faqat Pixel 6 va 7 smartfonlarida mavjud edi)[7]. 2023-yil mart oyida Google VPN xizmatidan barcha tarif rejalari mijzolariga foydalanish imkoniyatini berdi va faqat AQSh foydalanuvchilari uchun dark veb-monitoring funksiyasini qoʻshdi. [8]

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pulli tarif rejasiga ega mijozlarga quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:

  • Google xizmatlari uchun Google ekspertlari tomonidan qoʻllab-quvvatlash . Qoʻllab-quvvatlash 24/7 rejimida ochiq boʻlib, chat, elektron pochta va telefon aloqasi orqali amalga oshiriladi.
  • Google One ilovasi orqali Android qurilmasida xotirani avtomatik zaxiralash.
  • Foydalanuvchilarning veb-trafigini shifrlaydigan va ularning IP manzillarini yashiradigan VPN xizmati[9]. Ushbu xizmat faqat bir nechta mamlakatlardagina mavjud[10].
  • Dark veb-monitoringi foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini himoyalaydi va xizmat faqat AQSh foydalanuvchilari uchun mavjud[8].
  • Sehrli tahrirlovchi, portret yorugʻligi, xiralashtirish va rangli pop kabi yanada yaxshilangan rasm tahrirlash uskunalar Google Photos’da mavjud [11] [12] [13].
  • Beshtagacha oila aʼzolari uchun Google One obunasini ulashish imkoniyati[14].
  • Google Play kreditlari va boshqa imtiyozlar.

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google One tomonidan beriladigan xotira Gmail, Google Drive va Google Photos ilovalari tomonidan boshqariladi. Mintaqaviy narxlash ham mavjud, yaʼni baʼzi mamlakatlar aholisi tarif rejalarini arzonroq, baʼzilari esa qimmatroq narxda sotib olishadi.

Google tomonidan taqdim etilgan tarif rejalari: [15] [16]

Google One tarif rejalari
Tarif AQSh dollari (2018 yil 15 avgustda) GBP (2020 yil 29 dekabr) [17] EUR (2022 yil 18 dekabr) [18] INR (2018 yil 12 oktyabrda) [19] TRY (2022-yil 1-may) SEK (2022-yil 1-may)
Oyiga Yiliga Oyiga Yiliga Oyiga Yiliga Oyiga Yiliga Oyiga Yiliga Oyiga Yiliga
15 GB Ozod
100 GB $1,99 $19,99 £1,59 £15,99 €1,99 €19,99 ₹130 ₹1300 ₺5,79 ₺57,99 kr 19 kr 190
200 GB $2,99 $29,99 £2,49 £24,99 €2,99 29,99 evro ₹210 ₹2100 ₺11,59 ₺115,99 kr 29 kr 290
2 TB $9,99 $99,99 £7,99 £79,99 €9,99 €99,99 ₹650 ₹6500 ₺28,99 ₺289,99 kr 99 kr 999
10 TB $49,99 Mavjud

emas

Mavjud emas €49,99 Mavjud emas Mavjud emas
20 TB $99,99 Mavjud

emas

Mavjud emas €99,99 Mavjud emas Mavjud emas
30 TB $149,99 Mavjud

emas

Mavjud emas €149,99 Mavjud emas Mavjud emas

Ushbu tarif rejalari uchun oylik toʻlov avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar istalgan paytda oʻz tarif rejalarini oʻzgartirish imkoniyatiga ega. Tarif rejalarini yana 5 tagacha oila aʼzolari bilan ulashishi mumkin, bunda har bir aʼzo 15 GB xotiraga ega boʻladi. Shuningdek, Google Pixel 5 gacha boʻlgan telefonlardan foydalanadigan mijozlarga kvotadan tashqari ham cheksiz hajmda video va fotosuratlarni zaxiralash imkonini beradi[20] [21]. Google One xizmati mijozlari hisoblaridagi avatar suratiga kompaniyaning koʻk-qizil-sariq-yashil ranglaridan iborat boʻlgan dumaloq shakldagi statuslar qoʻsha olishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Say hello to Google One“ (en-US). TechCrunch. 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  2. „Say hello to Google One“ (en-US). TechCrunch. 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  3. „Google One launches with cheaper cloud storage plans“. The Verge. 2018-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  4. „Google One is now open to all“ (en-US). TechCrunch. 2018-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  5. Lopez. „Google launches VPN service so Google One users can browse more privately“. Plugged | The Next Web (2020-yil 30-oktyabr).
  6. Maddison. „Google One hits a billion downloads“ (en). TechRadar (2023-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 12-mart.
  7. Li. „9to5Google Log Out: Google One has a promising future“ (en-US). 9to5Google (2023-yil 24-fevral). Qaraldi: 2023-yil 12-mart.
  8. 8,0 8,1 Clark. „Google's One plans are getting expanded VPN access and dark web monitoring“ (en-US). The Verge (2023-yil 8-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  9. „Google One VPN: What you need to know about this privacy tool“. CNET (2022-yil 10-fevral).
  10. Clark. „Google's One plans are getting expanded VPN access and dark web monitoring“ (en-US). The Verge (2023-yil 8-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  11. Li. „9to5Google Log Out: Google One has a promising future“ (en-US). 9to5Google (2023-yil 24-fevral). Qaraldi: 2023-yil 12-mart.
  12. „A new video editor, plus enhanced editing features“ (en-us). Google (2021-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  13. „Additional editing features for Google One members - now on iOS - Google Photos Community“. support.google.com. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  14. „Google One - More storage and extra benefits from Google“ (en). one.google.com. 2018-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  15. Schroeder, Stan. „Google just slashed the price on its massive storage plans with Google One upgrade“ (en). Mashable. 2018-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  16. „Google One cloud storage gives you 100GB for $2 per month“ (en). CNET (2018-yil 15-avgust). 2018-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  17. „Google One Plans“. Google One. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  18. „Plans & Pricing - Google One“. one.google.com. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  19. „Google One cloud storage plans now in India, starts at Rs 130 a month for 100 GB“. Tech2 (2018-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
  20. „How your existing storage works with Google One - Google One Help“ (en). support.google.com. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  21. „Choose the upload size of your photos and videos - Computer - Google Photos Help“ (en). support.google.com. 2018-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.