Google Fit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Google Fit
Yaratgan dasturchisi (firmasi) Google
Dastlabki foydalanishga
chiqarilishi
28-oktyabr, 2014-yil (9 yil avval) (2014-10-28)
Platforma Android, Wear OS, iOS
Turi Fitnes va salomatlik dasturlari
Litseziyasi Google Play xususiy litsenziyasi
Veb sayt google.com/fit

Google FitGoogle tomonidan Android operatsion tizimi, Wear OS va iOS uchun ishlab chiqilgan fitnes platformadir[1]. Google Fit foydalanuvchi qurilmasidagi sensorlardan foydalangan holda turli jismoniy faoliyat (masalan, yurish, yugurish, velosipedda sayr qilish va h.k) larni yozib boradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google Fit platformasi ilk marotaba 2014-yil 25-iyun kuni Google I/O konferensiyasida namoyish qilindi. Google Fit uchun maxsus dasturiy taʼminot toʻplami 2014-yil 7-avgustda chiqarildi[2]. Google Fit 2014-yil 28-oktabrda ommaga taqdim etilgan.

2018-yil avgust oyida Google American Heart Association va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koʻrsatmalari asosida Android Fit platformasi yangilashini eʻlon qildi[3]. Bunda Android Fit foydalanuvchi jismoniy faolligiga oid maʻlumotlarni qayd etib boradi, shuningdek, kunlik fitnes reja va maqsadlarni belgilaydi. Yangilanishlar Fit ilovasiga jismoniy mashgʻulotlarni yaxshiroq nazorat qilish imkoniyatini beradi va foydalanuvchilarni shu kabi yurak urish tezligini oshiradigan mashgʻulotlar bilan shugʻullanishga undaydi[4].

2019-yil aprel oyida Google iOS uchun ham Google Fit ilovasini ishlab chiqdi. iOS uchun Google Fit ilovasi Apple Health, Nike Run Club, Headspace yoki foydalanuvchi qurilmasiga bogʻlangan Apple Watch va Wear OS tizimlaridan foydalanadi[5][6]. 2019-yil avgust oyida Google ilovaga tungi mavzu, uyqu statistikasi va mashqlar qoʻllanmasi kabi yangi funksiyalar qoʻshdi[7][8].  

2020-yil aprel oyida Google Google Fit dizaynini qayta ishlab chiqdi[9][10]. 2020-yil noyabr oyida Google Fitga iOS 14 vidjetini qoʻshdi[11][12].  2021-yil fevral oyida Google Pixel 5 telefonlari uchun eksklyuziv funksiya chiqarildi[13]. Google Fit ilovasida Pixel 5 kameralari yordamida yurak urish tezligi va nafas olish ritmini oʻlchash imkoniyati yaratildi.

Imkoniyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google Fit dasturchilar uchun Android va boshqa qurilmalardagi fitnes ilovalari, sensorlardagi maʼlumotlarni saqlash va foydalanish uchun yagona API toʻplamini ishlab chiqdi. Foydalanuvchilar oʻzlarining fitnes maʼlumotlari kim bilan ulashishini tanlashi, shuningdek, istalgan vaqtda bu maʼlumotlarni oʻchirib tashlashi mumkin[14].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ghosh. „Google Fit Preview SDK now available“. Google Developers Blog (2014-yil 7-avgust). Qaraldi: 2018-yil 29-avgust.
  2. Ghosh. „Google Fit Preview SDK now available“. Google Developers Blog (2014-yil 7-avgust). Qaraldi: 2018-yil 29-avgust.
  3. Hollendoner. „Introducing the new Google Fit“. The Keyword (2018-yil 21-avgust). Qaraldi: 2018-yil 21-avgust.
  4. „Google Fit is getting redesigned with new health-tracking rings“. The Verge. Qaraldi: 2018-yil 29-avgust.
  5. „Google Fit is now on iOS“ (en). Google (2019-yil 24-aprel). Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  6. „Google Fit comes to iOS“ (en-US). TechCrunch (2019-yil 24-aprel). Qaraldi: 2019-yil 25-aprel. [sayt ishlamaydi]
  7. Garun. „Dark theme is coming to Google Fit next week“ (en). The Verge (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  8. Brown. „Google Fit's updates might help you get better sleep“ (en). CNET (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  9. Fingas. „Google Fit redesign focuses on your step count“ (en-US). Engadget (2020-yil 7-aprel). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
  10. Peters. „Google Fit redesign makes step tracking much more prominent“ (en). The Verge (2020-yil 7-aprel). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
  11. Perez. „Google rolls out iOS widgets for Gmail, Drive and Fit; says Calendar and Chrome coming soon“ (en-US). TechCrunch (2020-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr. [sayt ishlamaydi]
  12. Bonifacic. „Google now has iOS widgets for Gmail, Drive and Fit, with more on the way“ (en-US). Engadget (2020-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
  13. Kellen. „Google Gives Pixel Phones Two Exclusive Google Fit Features“ (en-US). www.droid-life.com (2021-yil 4-fevral). Qaraldi: 2021-yil 4-fevral.
  14. Ghosh. „Google Fit Preview SDK now available“. Google Developers Blog (2014-yil 7-avgust). Qaraldi: 2018-yil 29-avgust.