Google Chat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Google Chat – Google kompanyasi tomonidan ishlab chiqarilgan aloqa vositasi. Aloqa vositasi dastlab foydalanuvchilar va biznes vakillari uchun ishlab chiqilgan boʻlsa, keyinchalik u barcha isteʼmolchilar uchun taqdim etildi. Ilova foydalanuvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri xabarlar yuborish, guruh suhbatlari va shaxsiy chatlar xizmatini taqdim etadi. Bu esa foydalanuvchilarga chatdan tashqari, umumiy guruhlarda vazifalar yaratish, belgilash va fayllarni almashish imkonini beradi. Google Chatga oʻz veb-sayti, ilovasi, Gmail veb-sayti yoki ilovasi orqali kirish mumkin.

Google Chat ilk bor 2017-yil 9-martda Google Hangouts oʻrnini bosuvchi ikkita ilovadan biri sifatida ishga tushirilgan. Ikkinchisi ilova esa Google Meet deb nomlangan. 2020-yil 9-aprelda uning nomi Google Chat deb oʻzgartirildi. U avvaliga faqat Google Workspace mijozlari uchun mavjud edi. 2021-yilning fevral oyidan boshlab Google Chatni oddiy isteʼmolchilar ham foydalana boshladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Google Chat logotipi.2017-yildan 2020-yil oktyabrigacha ishlatilgan

Google Chat birinchi marta 2017-yil 9-martda Google Workspace (2020-yil oktabrgacha G Suite deb ataladi)[1] mijozlari uchun faqat Google Hangouts oʻrnini bosuvchi ilova Chat sifatida ishga tushirildi[2][3].

2020-yil 9-aprelda Google Hangouts Chatni Google Chatga oʻzgartirdi. Ushbu rebrendingdan soʻng Hangouts brendi Google Workspaceʼdan olib tashlanadi[2].

Xavfsizlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chat boʻlimida boshqa odamlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbatlar va guruh suhbatlari mavjud[4].

2022-yilning may oyida Google Chat foydalanuvchilarni shaxsiy akkauntlardan kelib chiqadigan potentsial fishing va zararli dastur hujumlaridan ogohlantiruvchi bannerlar chiqa boshladi. Google Chat uchun ushbu xujum foydalanuvchilar uchun fishing va xavfsizlik buzilishining oldini olishga qaratilgan soʻnggi urinish boʻldi[5].


Xususiyatlari haqida qisqacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Inline mavzuni yozish[6]
  • Bir nechta soʻzlar orqali qidirish[6]
  • Foydalanuvchi ochiq qoʻygan maʼlumotlarni koʻrish[6]
  • Fayl almashish[7]
  • Fayl yuborish[7]
  • Yonma-yon hujjat va chat koʻrinishi[7][8]
  • Tadbirlar taqvimini yaratish[7]
  • Onlayn foydalanuvchilarni koʻrsatish[7][9]
  • Chatlarni qulflash[10][11]
  • Video konferentsiya[12]
  • Maxsus kulgichlar[13]
  • Tezkor javoblar[14]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Announcing Google Workspace, everything you need to get it done, in one location“ (en). Google Cloud Blog. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  2. 2,0 2,1 Statt, Nick. „Google is rebranding Hangouts Chat as just Google Chat“. The Verge (2020-yil 9-aprel).
  3. „Compare G Suite products - Chat“ (en). gsuite.google.com. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  4. „The latest on Google Hangouts and the upgrade to Google Chat“ (en). Google (2020-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
  5. „Google Chat adds warning banners to protect against phishing attacks“. The Verge (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 26-may.
  6. 6,0 6,1 6,2 Li. „Google's rename of 'Rooms' in Chat and Gmail to 'Spaces' is now underway“ (en-US). 9to5Google (2021-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 „How to Create, Join and Use Google Chat Spaces“ (en-US). All Things How (2021-yil 1-iyun). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  8. Joel Khalili. „Google Chat is finally becoming a little more like Slack“ (en). TechRadar (2021-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  9. Amadeo. „Google's unified Gmail interface (and Google Chat) launches for everyone“ (en-us). Ars Technica (2021-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  10. „Helping businesses prepare for hybrid work with Google Workspace“ (en). Google Cloud Blog. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  11. „Google Chat And Spaces New Features: An Overview“ (en-US) (2022-yil 28-aprel). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  12. „Google Workspace Announces Innovations to Bridge Hybrid Work Gaps“. techrseries.com. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
  13. „Custom emojis coming to Chat“ (en). Google Workspace Updates. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  14. „Quote a previous message in Google Chat“ (en). Google Workspace Updates. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.