Gonit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gonit (yun. gony — tizza) — tizza boʻgʻimining serozli, seroz-yiringli yoki yiringli yalligʻlanishi. Yiringlatuvchi kokklar, sil, soʻzak mikroblari va b. sabab boʻladi. G.da tizza qizaradi, sinovial parda shishib, boʻgʻim boʻshligʻida oldin seroz-fibrinoz, keyin yiringli suyuqlik yigʻiladi. Oʻtkir va surunkali xili bor. Oʻtkir G.da yalliglanish belgilari tez namoyon boʻlib, yaqqol koʻrinadi. Boʻgʻim qattiq ogʻriydi, kattalashadi, bemor oyogʻini qimirlata olmay qoladi. Surunkali G. da boʻgʻim shishib, funksiyasi buziladi, bir oz qizaradi, qiziydi va sal-pal ogʻriydi.

G.ning dastlabki alomatlari sezilganda darhol vrachga murojaat etish va uning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilish lozim.

...GONIYA (yun. goneia — tugʻilish) — qoʻshma soʻz boʻlagi. Paydo boʻlish, kelib chiqish, tugʻilishni ifodalaydi. Mas, kosmogoniya.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil