Goniometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goniometr (yun. gonia — burchak va metr) — ikki yoqli burchaklarni oʻlchaydigan asbob. Silliqlangan metall va kristallar qirralari burchagini oʻlchashda ishlatiladi. G.ning bevosita qirralarga qoʻyib oʻlchaydigan va nur qaytishiga asoslanib oʻlchaydigan xillari bor. Nur qaytishiga asoslangan G. yakka aylanali va qoʻsh aylanali boʻladi; ikki qirradan qaytgan nurlar orasidagi burchakni oʻlchaydi. Bunday G. gorizontal metall yoki shisha doira, kursicha, kuzatish trubasi va qoʻzgʻalmas kollimatordan iborat. Kollimatordan tushgan nurlar kristall qirralaridan qaytadi va kuzatish trubasiga tushadi. G. geologiya, mineralogiya, petrografiya, kristallografiya va b. sohalarda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil