Gomoyosmotik hayvonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gomoyosmotik hayvonlar (gomo... va yun. osmos — turtki, bosim) — tana suyukligi hamda qon bosimini tashqi muhitning osmotik bosimiga bogʻliq boʻlmagan holda doimiy ushlab turish xususiyatiga ega boʻlgan suv hayvonlari. Osmotik bosim ayirish sistemasi yordamida tanadan ortiqcha suv va tuzlarni chiqarib tashlash orqali amalga oshiriladi. Dengiz hayvonlarida toʻqima suyuqligi va qonning bosimi ular yashaydigan suvdagiga nisbatan past boʻladi; bosim buyrak orqali toʻqima suyukligi va qondan ortiqcha suv, jabralar orqali esa ortiqcha tuzlar chiqarib tashlanishi tufayli doimiy saqlanadi. Chuchuk suv baliqlarida esa aksincha toʻqima suyukligi va qonning bosimi atrof muhitdagi bosimdan yuqori boʻladi; buyrak orqali juda koʻp miqdorda suv, jabralar orqali esa tuz shimib olinishi tufayli qon va toʻqima suyuqligining bosimi tashqi muhitnikiga nisbatan yuqori boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil