Kontent qismiga oʻtish

Golovin–Sivtsev jadvali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Golovin–Sivtsev jadvali

Golovin-Sivtsev jadvali (ruscha: Таблица Головина-Сивцева) koʻrish oʻtkirligini tekshirish uchun qabul qilingan standart jadval hisoblanib, 1923-yilda Sovet oftalmologlari Sergey Golovin va DA Sivtsev tomonidan ishlab chiqilgan[1]. SSSRda bu jadval keng tarqalgan edi va 2008-yil maʼlumotlariga koʻra postsovet davlatlarida ham keng qoʻllanadi[2].

Jadval 0,1 dan 2,0 gacha boʻlgan koʻrish oʻtkirligi qiymatlarini ifodalovchi, har biri 12 qatorli ikkita qismdan iborat. Chap qismi kirill alifbosidagi Sh, B, M, N, K va I harflari turli ketma ketliklaridan, oʻng qismi esa Landolt C belgilaridan iborat. Har bir belgining kengligi uning balandligiga teng[3].

Jadvalning oʻng tomonida V, chap tomonida esa D harfi bilan koʻrsatilgan koʻrsatkichlar berilgan. Jadvalning chap tomonidagi D koʻrsatkich oldidagi raqamlar koʻzi normal koʻruvchi (1,0) odamning jadvaldagi harflarni oʻqiy olish masofasini anglatadi. V harfi esa koʻzning minimal koʻrish oʻtkirligidir. Birinchi qatordagi harflarning chap tomonida D=50,0 raqami yozilgan boʻlib, bu mana shu qatordagi harflarni normal koʻz oʻtkirligiga ega odam 50 metr masofadan oʻqiy oladi deganidir. Odatda koʻrish oʻtkirligini 3 metr masofadan turib aniqlanadi. Shu bois, jadvalning 10-qatoridagi harflarning chap tomonida D=5,0 va oʻng tomonida V=1,0 koʻrsatilgan. Yaʼni normal koʻrish oʻtkirligidagi (1,0) odam 3 metr masofadan 10-qatordagi harflarni qiyinchiliksiz oʻqiy olishi kerak.

Birinchi qatordagi belgilar 70 mm oʻlchamda boʻladi (V = 0,1). Ikkinchi qator 35 mm, pastdan uchinchi qator 7 mm (V = 1,0) va mos ravishda eng pastki qatordagi belgilar oʻlchami 3,5 mm (V = 2,0) boʻladi.

  1. „Refraction and acuity“. 2012-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.
  2. Golovin-Sivtsev table for determining the visual acuity (Wayback Machine saytida 2008-06-05 sanasida arxivlangan)
  3. Some information on Golovin-Sivtsev table (Wayback Machine saytida 2008-12-01 sanasida arxivlangan) — that website as a whole doesnʼt seem to be reliable, but it seems to present reliable information on Golovin-Sivtsev table dimensions