Golden delishes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Golden delishes — kechpishar olma navi. 1890 y.da Sharqiy Virginiya shtati (AQSH)dan keltirilgan. P.P. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutining Samarkand filialida navga ilmiy tavsif berilgan. Amerika va Yevropa davlatlari (Fransiya, Italiya, Gollandiya, Avstriya, Bolgariya, Ruminiya va b.) bogʻdorchiligida yetakchi navlardan hisoblanadi. Daraxti kuchli usadi, keng shox-shabbali, koʻproq palmasimon shakl oladi, novdalari sargʻimtir-koʻkish. Bargi oʻrtacha, bandidan uchiga tomon oʻtkirlashib boradi. Gullari oʻrtacha, qirmizi rangda. Apr.da gullaydi (11 — 14 kun). Unga Toshkent borovinkasi, Simirenko, Jonatan kabi navlar yaxshi changlatuvchi hisoblanadi. Mevasi yirik (130—150 g), silliq, sariq-tillarang , mevabandi uzun, eti shirin, muloyim, sersuv va xushboʻy, sent. boshlarida terib olinadi. Har yili hosil qiladi. Koʻchati ekilgandan soʻng pakana payvandtaglarda 3—4 yili, kuchli oʻsadiganlarida 5—6 yili hosilga kiradi. Sovuqqa chidamli. Oʻzbekistonda iliq iqlimli togʻli hududlarda sanoatbop nav sifatida koʻplab ekiladi (yana q. Olma).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil