Goffman reaksiyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Goffman reaksiyalari - alifatik aminlar olish uchun A. V. Goffman taklif etgan reaksiyalar. Uch turi bor. 1) Karbon kislotalar amidlarining ishkrriy metallar gipogalogenidlari taʼsirida birlamchi aminlarga aylanishi (Goffman qayta guruxlanishi): R+NaBrO -> RNH2+CO2+NaBrReaksiya natijasida amidning karbonil guruhi SO2 holida ajralib chiqib, boshlangʻich amidlarga nisbatan bir uglerod atomi kam boʻlgan aminlar hosil boʻladi. G.r. spirtli muhitda oʻtkazilganda reaksiya mahsuloti sifatida uretanlar (RNHOCOR) vujudga keladi. G.r. yordamida alifatik, yogʻ-aromatik, aromatik va geterotsiklik aminlar, diaminlar va aminokislotalar olish mumkin. Sanoatda G.r. antroanil kislota sintez qilish uchun qoʻllaniladi. Reaksiya 1881 y.da kashf etilgan.

2) Ammiakka alkillovchi reagentlar (galogenalkillar, dialkilsulfatlar va b.) taʼsir ettirib alifatik aminlar olish. Reaksiya mahsuloti sifatida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar hamda toʻrtlamchi ammoniy asosi aralashmasi hosil boʻladi; mas, CH3J ishlatilganda [CH3NH3]J; [(CH3)2NH,]J; [(CH3)3NH]J va [(CH3)4N]J hosil boʻladi. Reaksiya 1850 y.da kashf etilgan.

3) Toʻrtlamchi ammoniy asosli gidroksidlarning termik parchalanishi natijasida oʻlchamli aminlar va olefinlar hosil boʻlishi [RCH2CH2 N R’R"R"]OH---------------->RCH=CH2+R’R’R*>I+H2O .

Agar toʻrtlamchi azot atomi turli oʻrinbosarlar bilan bogʻlangan boʻlsa, qoʻsh bogʻli, tarkibida eng kam sonli alkil oʻrinbosarlari boʻlgan olefin hosil boʻladi (Goffman qoidasi). G.r. qoʻllanishining muhim yoʻnalishi alkaloidlarning tuzilishini tekshirishdir. Reaksiya 1851 y.da kashf etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil