Gobriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gobriy (qad. fors. Gaubaruva) — fors zodagoni, Mardoniynint oʻgʻli. Mil. av. 522 y. sent.da 6 ta fors zodagoni bilan birgalikda kohin Gaumatani oʻldirishda qatnashgan. Mil. av. 520 y. forslar hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan elamiylar qoʻzgʻolonini bostirishga rahbarlik qilgan. Mil. av. taxminan 514 y. skiflarga qarshi Shim. Qora dengiz sohillariga qilingan yurishda Doroga hamroh boʻlgan. Doro davrida G. podsho nayzabardorlari boshligʻi edi. Uning urugʻ-avlodlari Gaumatani oʻldirishda qatnashgan boshqa fors zodagonlarining urugʻ-avlodlari qatori Axomanishshr davlatining soʻnggi kunlarigacha katta imtiyozlarga ega boʻlishgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil