Goʻmma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Goʻmma — somsaning Xorazmda tayyorlanadigan bir turi. Suvga hamirturush, shakar, tuz, un qoʻshib hamir qoriladi. Soʻngra eritilgan margarin hamirga singib ketguncha ishlanib, oshirishga qoʻyiladi. Hamir 3—4 soat oshgach, yana mushtlanib qayta oshiriladi. Soʻngra oʻsimlik yogʻi surtilgan stolda arqonsimon qilib yoyiladi. 25 g dan boʻlaklarga boʻlib, yumaloqlanadi. 4—5 mm qalinlikda yoyiladi, oʻrtasiga qiyma solib ikkiga buqiladi, yarim oy shaqlida tugilib, 30 daqiqa tindirilgandan soʻng qizdirilgan yogʻda pishiriladi. G. kartoshka, oshqovoq, koʻk solib tayyorlanishi ham mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil