Gloxidiy
Gloxidiy (yunoncha glochis — kamon uchi, tirnoq) — chuchuk suv ikki pallali mollyuskalari (baqachanoq, sadafdorlar)ninglichinkasi. Gloxidiy bahorda mollyuskalarning jabra varaqlari orasiga qoʻyilgan va urugʻlangan tuxumlaridan rivojlanadi. Gloxidiyda ham voyaga yetgan mollyuskadagi singari ikki pallali chigʻanoq, sezuvchi qillar va bissus bezidan hosil boʻladigan ip boʻladi. Gloxidiy bir oz suvda harakatlangach, chigʻanoq pallalaridagi tishchalari va lichinkalik ipi yordamida baliqlar jabrasiga va terisiga yopishadi; teri ostiga kirib olib, osmotik oziqlanadi. Bir necha haftadan soʻng metamorfoz orqali kichik mollyuskaga aylangach, suv ostiga tushib voyaga yetadi. Gloxidiy mollyuskalarning suv havzasida tarqalishida ham muhim ahamiyatga ega[1] .
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Gloxidiy“ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (G-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |