Glossariy
Glossariy - izohlab (Izoxli G.) yoki boshqa tilga, tarjima (Tarjima G.) qilib beruvchi kam qoʻllanuvchi soʻz yoki iboralar lugʻati. G. alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ketidan yoki chet tili darsliklarida berilgan mashq matnlari ketidan keltiriladi. Ularda oʻsha chet tiliga xos boʻlib, matnga kiritilgan soʻzlar yoki iboralar roʻyxati keltirilib, ular izohi ilova qilinadi.
Glossariy koʻproq ingliz, fransuz, nemis tiliga oid daryoliklarda uchraydi. Bundan tashqari ayrim asar yoki turkumga oid G.lar ham bor. Mas, Vedalarga (mil. av. 1-mingyillik), Gomer asarlariga (mil. av. 5-asrdan boshlab) oid G.lar.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |