Gloksiniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gloksiniya (Gloxinia speciosa) — gesneriyadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Vatani — Janubiy Amerika. Gloxinia hubrida turi Yevropaga dastlab 1817-yil oʻtgan. Oranjereya va xonalarda oʻstiriladi. Bargi yirik, qalin, mayin tukli, qarama-qarshi joylashgan. Gullari oq, pushti, qizil, binafsha rang, karnaysimon bandi uzun va moʻrt, chetdan changlanadi. Mevasi koʻp urugʻli koʻsakcha. 3—4 oy gullayli. Qalamchasidan ham koʻpaytiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil