Glitsiniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Glitsiniya (Wisteria sinensis yoki Glycine sinensis) — burchoqdoshlar oilasiga mansub, ilashib oʻsuvchi buta yoki daraxt. Boʻyi 20 m cha, poʻstlogʻi qoramtirkulrang, shoxlari ingichka, yashil, osilib oʻsadi. Bargi toq patsimon. Toʻpguli roʻvaksimon, osilgan, uz. baʼzi turlarida 75—100 sm ga boradi. Dukkagi yassi, tukli, 10—15 sm, urugʻi buyraksimon, jigarrang, apreldan boshlab, yoz boʻyi gullaydi. Vatani — Xitoy, Qrim va Kavkazda xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi. Andijon, Fargʻona va Samarqandda onda-sonda keksa G.lar uchraydi. Lekin qishdaularning bir yillik novdalarini sovuq uradi. G. parhish, qalamcha qilish yoʻli bilan hamda bachkilaridan koʻpaytiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil