Glikozuriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Glikozuriya (glyukoza va yun. uron — siydik) — siydik bilan kand (glyukoza) chiqishi. Asosan giperglikemiyaaan keyin kuzatiladi. Buyrak kanalchalarining reabsorbsiya qilish xossasi susayganda roʻy beradi, shuningdek, qandli diabetga xos belgilardan biri hisoblanadi. Qandli diabet bilan ogʻrigan bemor qonida qand koʻpayadi, bu siydikda qand boʻlishiga olib keladi. Normal siydikda qand boʻlmaydi. Alimentar (qand koʻp isteʼmol qilinganda), reflektor (hayajonlanish, stress holatlarida bir lahzada oʻtib ketadi), diabeti k va buyrak xili ajratiladi. Nerv va endokrin sistema faoliyati buzilganda, buyrak kasalliklari, turli zaharlanishlar, homiladorlik toksikozlarida ham G. kuzatilishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil