Giyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Giyon —Eron hududi (Hamadondan 70 km jan.da)dagi qad. oʻtroq qabilalar manzilgohi. Uning 19 m li madaniy qatlami 5 kompleksga boʻlinadi. G. V (mil. av 5-ming yillikning oxiri — 4-ming yillik) 4 bosqichdan iborat. G. V—A da geometrik chiziqli naqshlar solingan sopol idishlar koʻp tarqalgan. F.V—V da mis buyumlari paydo boʻlgan, baʼzi idishlarda echki surati bor. G. V—S da qush surati tushirilgan buyumlar uchraydi. G. V—D dan Suza-A tipidagi kulolchilik mahsulotlari topilgan. G. IV (mil. av. 3-ming yillik) qatlami muayyan uslubga ega boʻlgan qush surati tushirilgan idishlarning oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu qatlamga tegishli qabrlardan koʻpgina mis buyumlar (bolta, nayza uchlari, toʻgʻnogʻich va b.) topilgan. G. III (mil. av. 3-ming yillik oxiri —2-ming yillik) qatlamida naqshli qadahlar uchraydi. G. II da qush surati va naqshlar bilan bezatilgan idishlar bor. G. I (mil. av. 2-ming yillikning oxiri —1ming yillik)da naqshsiz, qizil yoki qora rangli sopol buyumlar asosiy oʻrinni egallaydi, temir bugomlar ham uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil