Giuseppe Signori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Giuseppe Signori
Giuseppe Signori - Lazio 1994.jpg
Signori Lazio klubida 1994-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 17-fevral 1968-yil (1968-02-17) (54 yosh)
Tavallud joyi Alzano Lombardo, Italiya
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1981—1984 Internazionale
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1984—1986 Leffe 38 (8)
1986—1989 Piacenza 46 (6)
1987—1988Trento (ijara) 31 (3)
1989—1992 Foggia 100 (37)
1992—1997 Lazio 152 (107)
1998 Sampdoria 17 (3)
1998—2004 Bologna 142 (66)
2004—2005 Iraklis 5 (0)
2005—2006 Sopron 10 (3)
Milliy terma jamoa
1992—1995 Italiya milliy futbol terma jamoasi 28 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Giuseppe „Beppe“ Signori (talaffuzi: Juzeppe "Beppe" Signori) (Italyancha talaffuzi: dʒuˈzɛppe siɲˈɲoːri ) (1968-yil 17-fevralda tugʻilgan)—italiyalik sobiq professional futbolchi. Giuseppe Signori hujumchi sifatida oʻynagan.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Giuseppe Signori Bergamoning Alzano Lombardo shahrida tugʻilgan. Yoshligida Giuseppe Signori "Internazionale" futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan[1]. Shundan soʻng, Giuseppe Signori "Leffe" (1984—1986), undan keyin "Piacenza" (1986—1987 va 1988—1989), "Trento" (1987—1988), "Foggia" (1989—1992), "Lazio" (1992—1997), "Sampdoria" (1998-yil yanvar-iyun) va "Bologna" (1998—2004) futbol klublari safida oʻzining professional oʻyinlarini oʻtkazdi. Keyin Giuseppe Signori 2004-yilda Gretsiyada "Iraklis Thessaloniki" futbol klubi bilan, 2005-yil oktyabr oyida esa Vengriyaning "MFC Sopron" futbol klubi jamoalari bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Giuseppe Signori „Lazio“ futbol klubi safida 3 marta (1993, 1994 va 1996-yillarda) A Seriyada eng yaxshi toʻpurar boʻlgan. 1998-yilda Giuseppe Signori „Lazio“ futbol klubi murabbiyi Sven-Göran Eriksson tomonidan „Sampdoria“ futbol klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga sotilgan. Keyin Giuseppe Signori „Bologna“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. U klub safida 1998-yilgi UEFA Intertoto kubogini qo‘lga kiritdi. Giuseppe Signori klubga 1998—1999-yilgi UEFA kubogi saralashi bosqichi oʻyinlarida yordam berdi.

1992-yilning 17-mayidan 1993-yilning 28-fevraliga qadar Giuseppe Signori A Seriyada ketma-ket 10 ta safar o‘yinida (1991—1992-yilda „Foggia“ bilan, 1992—1993-yilda „Lazio“ futbol klubi bilan) gol urdi[2][3].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Giuseppe Signori 1992—1995-yillarda milliy terma jamoa safida 28 marta maydonga tushib, 7 ta gol urgan. Signori oʻynagan yagona yirik turnir 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati boʻlib, u yerda Italiya milliy futbol terma jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan (Braziliya milliy futbol terma jamoasiga qarshi final oʻyinida yutqazgan). Turnir davomida Giuseppe Signori Italiya milliy futbol terma jamoasining guruhdagi ikkinchi oʻyini Norvegiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda va chorak finalda Ispaniya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[4][5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Mintaqa Boshqa Jami
Diviziya Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Leffe Calcio 1984—1985 D Seriya 8 5 8 5
1985—1986 30 3 30 3
Jami 38 8 0 0 0 0 0 0 38 8
Piacenza 1986—1987 C Seriya 14 1 3 0 17 1
Trento 1987—1988 C Seriya 31 3 31 3
Piacenza 1988—1989 B Seriya 32 5 5 0 37 5
Foggia 1989—1990 B Seriya 34 15 34 15
1990—1991 34 11 3 1 37 12
1991—1992 A Seriya 32 11 2 0 34 11
Jami 100 37 5 1 0 0 0 0 105 38
Lazio 1992—1993 A Seriya 32 26 6 6 38 32
1993—1994 24 23 1 0 3 0 28 23
1994—1995 27 17 5 4 7 0 39 21
1995—1996 31 24 4 1 3 1 38 26
1996—1997 32 15 4 0 3 0 39 15
1997—1998 6 2 4 5 3 2 13 9
Jami 152 107 24 16 19 3 0 0 195 126
Sampdoria 1997—1998 A Seriya 17 3 17 3
Bologna 1998—1999 A Seriya 28 15 5 1 11 6 2 1 46 23
1999—2000 31 15 1 0 6 4 38 19
2000—2001 23 15 2 1 25 16
2001—2002 14 3 1 0 15 3
2002—2003 24 12 3 2 27 14
2003—2004 22 6 1 0 23 6
Jami 142 66 10 2 20 12 0 0 174 81
Jami 526 230 47 19 39 15 2 1 614 265

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar[6]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Italiya 1992-yil 6 2
1993-yil 6 2
1994-yil 13 3
1995-yil 3 0
Jami 28 7

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Matt Vincent. „The forgotten legends of football: Giuseppe Signori“. Sports Keeda (22-yanvar 2014-yil). 4-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-may 2015-yil.
  2. „Juve, CR7 da record: 9 trasferte di fila con gol in Serie A. E nel mirino c'è Messi“ (it). La Gazzetta dello Sport (11-fevral 2019-yil). Qaraldi: 11-fevral 2019-yil.
  3. „Así está la Bota de Oro: Cristiano Ronaldo empata con Mbappé y se sitúa a tres goles de Messi“ (es). www.marca.com (10-fevral 2019-yil). Qaraldi: 11-fevral 2019-yil.
  4. Giancarlo Padovan. „Spagna Adios, l'Italia avanza“ (it). Il Corriere della Sera (10-iyul 1994-yil). Qaraldi: 20-may 2015-yil.
  5. „Nazionale in cifre: Signori, Giuseppe“ (it). www.figc.it. FIGC. 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2015-yil.
  6. „Nazionale in cifre: Signori, Giuseppe“ (it). www.figc.it. FIGC. 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2015-yil.