Gisterezis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gisterezis (yunoncha: hysteresis — orqada qolish, kechikish) — tashqi kuch taʼsirida jismda paydo boʻladigan "qoldiq" xossa. Magnit, dielektrik va elastik xillari boʻladi. Tashqi magnit maydoni taʼsirida jismda magnit xossasi qolishi magnit G. deyiladi. Agar magnit maydoniga joylashtirilgan temir, nikel va b. ning magnitlanishi bilan magnit maydon kuchlanganligi N orasidagi bogʻlanish egri chiziq orqali ifodalansa, magnitsizlanishda bu bogʻlanish egri chiziq 2 bilan ifodalanadi. Magnit maydonini +N dan —# gacha oʻzgartirib, tajriba takrorlansa, egri chiziq 3 chiziladi; bu chiziqlar G. yaprogʻini hosil qiladi. Magnit G. qoldiq magnetizm deyiladi. Baʼzi dielektrik (segnetoelektrik) materiallarda ham elektr G. hodisasi kuzatiladi (dielektrik G.). Dielektrik (mas, segnet tuzi) oʻzgaruvchi elektr maydoniga joylashtirilganda yuz beradigan G. hodisasi elektr maydoni kuchlanganligi Ye bilan dielektrikning qutblanishi R orasidagi bogʻlanish grafigi (G. yaprogʻi) bilan ifodalanadi. Dielektriklar oʻz-oʻzidan qutblanish xossasiga va domenlarga ega boʻladi. Deformatsiya tufayli ham G. yaprogʻi hosil boʻladi (elastik G.), buning uchun elastik qattiq jismga osilgan yuk asta-sekin koʻpaytirilib, soʻng kamaytiriladi. Kimyoviy jarayonlarda ham G. hodisasi roʻy beradi, mas,sorbsion G., bunda adsorbsiya va desorbsiya hodisalari tufayli kimyoviy jarayon grafigi G. yaprogʻini hosil qiladi. G. hodisasidan texnikada keng foydalaniladi (mas, yurgizish reostati, G. dvigateli va b.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil