Girlandayo Domeniko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GIRLANDAYO (Ghirlandaio, asli di Tommazo Bigardi, di Tommaso Bigardi) Domeniko (1449 — Florensiya — 1494.11.1) — italiyalik rassom, Uygʻonish davri namoyandasi, Florensiya maktabiga mansub. A. Baldovinettidan taʼlim olgan. G. ijodining ilk davrlarida Florensiya va Niderlandiya rassomlaridan taʼsirlangan (San-Jiminyanodagi cherkov devoriy rasmlari, taxminan 1475 va b.)- Qad. sanʼatni oʻrganish G. uslubini toʻla shakllanishiga olib keldi. Santa-Trinita (1483 — 86), Santamariya Novella (1485—90) va b. cherkovlardagi turkum asarlari aniq kompozitsion qurilishi, tantanali mazmundagi vokealarning Florensiya binolari va maydonlari zaminida tasvirlanishi, maishiy lavhalar va zamondoshlari portretlarini asarlariga dadil kiritishi (diniy mazmun bilan real hayotning uygʻunlashtirilishi) bilan diqqatga sazovor. G. dastgoh asarlari qam yaratgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil