Gipsli tuproqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gipsli tuproqlar - tarkibi da va gorizontlarida gips boʻlgan tuproklar. G. quruq dasht, chala choʻl va choʻl tuproqlarida, shuningdek, shoʻrlangan tuproqlarda 10 sm gacha chuqurlikda (gips qatqaloqli tuproqlar) va 50 sm dan chuqurroqda (gipsli tuproqlar) uchraydi. Yarim gidrat (CaSO40,5H2O), gidrat (CaSO4H,O) va ikki gidrat (CaSO42H2O) koʻrinishlarda boʻladi. Tuproqda G.ning miqdori 30% va undan ortiq boʻlishi mumkin. Xloridlar (koʻpincha G. qatlamlari bilan birga uchraydi) ishtirokida G.ning eruvchanligi ortadi. Shuning uchun tuproqda G. miqdori 20% dan oshea, ekinlarning soʻlish koeffitsiyenti ham ortadi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonida G. madaniy oʻsimliklar uchun zaharli oltingugurt (P)-oksidi va vodorod sulfid hosil qiladi. Tarkibida yoppasiga G. gorizontlari boʻlgan tuproqlar sugʻorilganda oʻzanlar choʻkishi va shakli oʻzgarishi mumkin. Shuning uchun bunday tuproqlar oʻzlashtirilganda G.li gorizont chuqurligi va qalinligini hisobga olish zarur. Shoʻrtobli tuproqlarninng fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilashda va oʻgʻit tarzida tuproqqa gips solinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil