Gips-beton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gips-beton — qurilish gipsi asosida tayyorlanadigan beton turi (qarang Gips). G.-b.ni tayyorlashda tosh minerallar (koʻpincha, gʻovak va gʻadir-budur sirtli) va organik (yogʻoch qipiqlari, mayda somon va b.) toʻldirgichlardan foydalaniladi. G.-b.ga, odatda, qovushishini sekinlashtiruvchi qoʻshilmalar, shuningdek, uning suv va atmosfera taʼsirlariga chidamliligini oshiradigan qoʻshilmalar qoʻshiladi. G.-b. yogʻoch yoki organik materiallar bilan armaturalanadi. G.-b. asosida panellar va toʻsiq plitalari, ventilyatsiya bloklari, qoplama listlar ("quruq suvoq") va b. tayyorlanadi (qarang Gips-beton buyumlar]]).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil