Gippurat kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gippurat kislota (lot.hippos -ot va uron — siydik), benzoilgli-kokoll, benzoil-glitsin, C6H5CONH2CH2COOH - organik modda; odam va qayvonlar (ayniqsa, oʻtxoʻr hayvonlar) organizmida moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan biri. Jigar va buyraklarda benzoy kislota bilan glitsindan hosil boʻladi (oziq-ovqat, ayniqsa mevadagi zaharli benzoy kislotaning zararsiz holga kelish mahsuli). Siydik bilan sutkasiga 0,7 g chamasi G. k. chiqib turadi. Epidemik gepatit, jigar sirrozi, yurak dekompensatsiyasi va buyrak kasalliklarida G. k. kam chiqadi. Jigar qanday ishlayotganini aniqlash uchun klinikada bemorga natriy benzoy ichirib, siydigidagi G. k. aniqlanadi (Kvik usuli).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil