Gipovolemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gipovolemiya
qon umumiy hajmining kamayishi
KXK-10 E86, R57.1, T81.1, T79.4[1]
KXK-9 276.52
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 000167

Gipovolemiya — qon umumiy hajmining kamayishiga aytiladi[2].

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning quyidagi turlari tafovut qilinadi[3].

  1. Oddiy gipovolemiya -qonning gematokrit ko’rsatkichi o’zgarmay, uning umumiy hajmining kamayishi, ya`ni qon Shaklli elementlari va plazmaning bir xil miqdorda yo’qotilishi. Bunday holat o’tkir qon yo’qotgan zahotiyoq paydo bo’ladi va hujayralar oralig`idagi suyuqlik qonga o’tguncha saqlanib turadi.
  2. Oligositemik gipovolemiya - qonda asosan eritrositlar miqdorining kamayishi hisobiga qon umumiy hajmining kamayishi. Kamqonliklar gematuriyalarda va o’tkir qon yo’qotish vaqtida, to’qima suyuqligining tomirlar o’zaniga kirishi qonning hajmining, ayniqsa uning tarkibiy qismini kompensasiya qilmasligidan paydo bo’lishi mumkin.
  3. Polisitemik gipovolemiya - qonning umumiy hajmi plazma yo’qotilishi hisobidan kamayadi va qonning hajm birligida eritrositlar miqdorini nisbatan ko’payganligi aniqlanadi, natijada qonning qovuShqoqligi oshib qon quyuqlashadi. Bunday holat organizm suvsizlanganida (ich ketish, qusish, kuchli terlash, poliuriya, giperventilyasiya, kuyish kasalligi), Shokda (qon suyuq qismining tomirlar devori o’tkazuvchanligi oshganligidan to’qimalar oralig`iga chiqishi natijasida) paydo bo’ladi[4].

Belgilari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy klinik belgilar qon hajmining kamayish darajasiga bog'liq. Klinik belgilar yuzaga chiqgunicha organizm 30% suyuqlikni yo'qotishi mumkin.

  • – teri rangparligi;
  • – tinch holatdada yurak urishi;
  • – bezovtalik;
  • – nafas olish tezlashishi va terlash;
  • – qon bosimining pasayishi;
  • – ruhiy zaiflik.

Organizm ko'p suyuqlik yo'qotishi oqibatida Gipovolemik shok rivojlanishi mumkin[5].

Diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipovolemiya aniqlash uchun quyidagi diagnostik usullar qo'llaniladi:

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosan Hayotiy ko'rsatgichlarni nazorat qilgan holda qon ketishni to'xtatish, nafas olishni tiklash, pulsni nazorat qilish amallari bajariladi. Og'ir hollarda, shoshilinch–reanimatsion choralari ko'riladi. Qon quyish yoki donorlik qon mahsulotlarini quyish vaqtida qon yo'qotilishini to'ldirish va kerak bo'lganda shokni oldini olish zarur. Davolash davomida kislota-ishqor muvozanatini normallashtirish, trombozning (DVS) oldini olish, buyrak etishmovchiligi va ikkilamchi infektsiyalarning oldini olish uchun choralar ko'rish kerak. Bemorni keyingi parvarishida diagnostik tekshiruv natijalari va kunlik dinamikasi asosida olib boriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azimov R.Q. «Patofiziologiya» Toshkent - 2010 yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Xalqaro kasalliklar tasnifi“. www.ssv.uz. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi (6 oktyabr 2021-yil). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  2. McGee S (2018). Evidence-based physical diagnosis. Philadelphia, PA: Elsevier. ISBN 978-0-323-39276-1. OCLC 959371826. The term hypovolemia refers collectively to two distinct disorders: (1) volume depletion, which describes the loss of sodium from the extracellular space (i.e., intravascular and interstitial fluid) that occurs during gastrointestinal hemorrhage, vomiting, diarrhea, and diuresis; and (2) dehydration, which refers to the loss of intracellular water (and total body water) that ultimately causes cellular desiccation and elevates the plasma sodium concentration and osmolality
  3. „Гиповолемия: определение, причины, симптомы, диагностика и лечение“. www.vashdoctorclinic.ru. Клиника "Ваш Доктор". Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  4. "Hypovolemia definition – MedicineNet". Medterms.com. 2012-03-19. Retrieved 2015-11-01
  5. "Hypovolemic shock: MedlinePlus Medical Encyclopedia". medlineplus.gov. Retrieved 2019-09-02.