Kontent qismiga oʻtish

Gipotsentr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gipotsentr (gipo… va lot. centrum — markaz) — zilzila oʻchogʻining markazi. G. 0 dan 700 km chuqurlikgacha boʻlishi mumkin. G. joylashgan chuqurlik tez oʻzgaruvchan boʻladi. G. Yer osti silkinish manbai boʻlib, zilzilalar oʻsha yerdan boshlanadi. Tektonik yoriqlar boʻylab siljishlar yuzlab kmga choʻziladi va bu holda yoriqning ajralishi boshlangan nuqtasiga G. deyiladi. Yer poʻstining yuqori qismidagi (20 km gacha) G. qalin qatlamli jinslarning sinuvchan deformatsiyasi natijasida paydo boʻladi, chuqurroqdagi G. plastik deformatsiyalar, koʻproq boʻladigan umumiy koʻrinishda vujudga keladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil