Gipogonadizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gipogonadizm (gipo... va gonadalar), gipogenitalizm — jinsiy gormonlar yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan va jinsiy aʼzolar hamda ikkilamchi jinsiy belgilarning yetarli darajada rivojlanmasligi bilan ifodalanadigan kasallik holati. Birlamchi va ikkilamchi G. farq qilinadi. Birlamchi G. kasallik oqibatida jinsiy bezlarning bevosita shikastlanishi (jinsiy differensiyalanishning tugʻma nuqsonlari, jarohatlanishlar, nurlanish va b.) natijasida kelib chiqadi. Ikkilamchi G. gipotalamus-gipofiz sistemasi kasalliklari (mas, oʻsmalar) natijasida gonadotrop gormonlar yoki rilizing-omillar sekresiyasi kamayib ketishi yoki toʻxtashi oqibatida roʻy beradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil