Gipersten

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gipersten (giper... va yun. stenos — kuch, qattiqlik) — jins hosil qiluvchi mineral. Piroksenlar guruhiga mansub. Kimyoviy formulasi (Mg, Fe2+),[Si2O6]. Rombik singoniyali. Prizmatik kristallar va mayda donachalar holida uchraydi. Rangi toʻq yashil, qoʻngʻirdan qoragacha. Yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 5—6. Zichligi —3300-3500 kg/m3. Oʻta asosli magmatik jinslarda uchraydi. RF (Slyudyanka), Ukraina (Golovin), Bavariya (Bodenmays), Kanada, Eron, Indoneziyada va b. mamlakatlarda topilgan. Oʻzbekistonda Chatqol (Shovozsoy), Qurama (Oqtepa, Qoʻrgʻoshin) va Tomditovda bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil