Kontent qismiga oʻtish

Gipernova Yulduz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karina yulduz turkumidagi bu Karina kelajakdagi gipernova uchun eng yaqin nomzodlardan biridir

Gipernova Yulduz — oʻta massali yulduzning portlashi (20 dan ortiq quyosh massasi) yadrosi qulagandan keyin; yadro qulashi termoyadro reaksiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun yoqilgʻi tugashi bilan sodir boʻladi[1]. Yaʼni, bu juda katta (oʻta kuchli) oʻta yangi yulduz[2].

1990-yillarning boshidan beri yulduzlarning shunday kuchli portlashlari kuzatilganki, har bir portlashning kuchi oddiy oʻta yangi yulduz portlashi kuchidan taxminan 10 baravar oshib ketgan va portlash energiyasi 10 45 jouldan oshgan. Bundan tashqari, ushbu portlashlarning koʻpchiligi uzoq gamma-nurlari portlashlari bilan birga boʻlgan[3]. Bugungi kunda „gipernova“ termini 100-150 yoki undan ortiq quyosh massasiga ega boʻlgan yulduzlarning portlashlarini tasvirlash uchun ham qoʻllaniladi[4].

„Gipernova“ terminini amerikalik astrofizik Vusli Stenford tomonidan kiritilgan[5].

Gipernovalar oʻziga xos gamma-nurlari chaqnashi tufayli Yerga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin, ammo hozirda Quyosh tizimi yaqinida bunday xavfli yulduzlar yoʻq[6]. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bundan 440 million yil oldin quyosh tizimi yaqinida gipernovaning portlashi sodir boʻlgan va bu gipernovaning gamma-nurlari oqimi Yerga shunchalik kuchli taʼsir qilganki, bu ordovik-siluriyaning yoʻq boʻlib ketishiga sabab boʻlgan[7].

Kuzatishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipernova sifatida portlashga qodir yulduzlar juda kam uchraydi, chunki buning uchun yulduz juda massiv boʻlishi, tez aylanishi va (ehtimol) kuchli magnit maydonga ega boʻlishi kerak[8]. Shuning uchun gipernovalar kamdan-kam hollarda portlashi kerak. Bizning Galaktikada gipernova oʻrtacha 200 million yilda bir marta portlaydi, deb taxmin qilinadi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]