Giperboloidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Giperboloidlar (giperbola va yun. eldos — koʻrinish) — ikkinchi tartibli markaziy sirtlar. Bir pallali va ikki pallali G. boʻladi. Bir pallali G. chiziqli sirtlar turkumiga taalluqli; uning har qanday nuqtasi orqali shu bir pallali G. sirtida yotadigan ikki toʻgʻri chiziq oʻtadi (bular toʻgʻri chiziqli yasovchilar deyiladi). Uni turli tekisliklar bilan kesganda kesimda har xil 2-tartibli egri chiziqlar: ellips, giperbola hamda bir-biri bilan kesishuvchi toʻgʻri chiziklar hosil boʻladi. G.ning amaliy ahamiyati katta (mas, rus ixtirochisi V. G. Shuxov (1859— 1939) tizimidagi radiominora bir pallali G. shaklida yasalgan).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil