Kontent qismiga oʻtish

Ginkgodoshlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ginkgodoshlar (Ginkgoales) -karbon davridan boshlab uchlamchi davrning oxirigacha yashagan ochiq urugʻli oʻsimliklar sinfi. Hoz. bitta (Ginkgo biloba) turi (turkumi, oilasi) saqlanib qolgan. Oʻzbekiston va unga chegaradosh respublikalar hududida Ginkgo, Baiera, Ginkgodium, Sphenobaiera, Czekanowskia, Phaenicopsis turkumlariga mansub oʻsimliklarning bargi va generativ organlarining izi, yogʻoch qoldiqlari topilgan. G. yura davrida toshkoʻmir hosil boʻlishida muhim rol oʻynagan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil